• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Foto: Turkiyaning ajoyib manzaralarida suratga olingan mashhur seriallar

    Turkiya go‘zal, betakror landshaftlari, O‘rta Yer dengizi va Egey qirg‘oqlarining g‘aroyib go‘zalligi, baland qarag‘ay o‘rmonlari bilan qoplangan tog‘lar, ko‘pikli sharsharalar va zumradrang kengliklari bilan ajralib turadigan ajoyib mintaqadir. Dengizlar, daryolar va ko‘llar insonni zavqlantiradi, unutilmas taassurotlar qoldiradi. Qadimgi me’morchilik yodgorliklari o‘zining ulug‘vorligi, sirli yerosti galereyalari, g‘orlari, qadimiy xarobalar, shuningdek, zamonaviy shaharlar va kichik aholi punktlarining hayratlanarli darajada rang-barang ko‘chalari bilan lol qoldiradi. Turkiyada juda ko‘p noyob joylar mavjud. Serial va kinofilmlarning ayrim sahnalari uchun shu kabi joylar va manzaralar tanlanadi.

    “Shimoliy yulduz” seriali

    “Shimoliy yulduz” seriali 2019—2021-yillarda suratga olingan. Loyihada bosh rollarni Ismoil Demirji va Aslihan Guner ijro etgan. Ushbu serial 64 qismdan iborat. Bu serial haqida kam gapiriladi, biroq loyiha Turkiyada muvaffaqiyatli bo‘ldi va bir necha mavsum davom etdi. Serial har jihatdan: bosh qahramonlar, voqealarning qiziqarli ekanligi, ajoyib manzaralar tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Ushbu serialni suratga olish ishlari O‘rdu shahri va uning viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Ba’zi sahnalar Qora dengiz sohilida suratga olingan. Serialda O‘rduning go‘zal o‘rmonlari, dengizi va barcha tabiiy go‘zalliklarini ko‘rishingiz mumkin.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Loyihada Yildiz Kuzey ismli yigitni sevib qoladi. Oilalari uzoq do‘stlik munosabatlarida bo‘lgani uchun Kuzey va Yildiz unashtiriladi. Biroq Kuzey Istanbuldagi universitetga o‘qishga borgach, bergan barcha va’dalarini unutadi. Bir necha yil o‘tgach, Kuzey Yildizning sevgisini qozonish umidida uyiga qaytadi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Beqaror” seriali

    Ushbu serial 2019—2021-yillarda suratga olingan. Unda bosh qahramonlar rolini Akin Akinezyu va Ebru Shahin gavdalantirgan. Loyiga 69 ta qismdan iborat. Serial ijodkorlari hatto madaniyat va turizmni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Midyat shahar hukumatining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Beqaror” serialining suratga olish jarayonlari ham Mardin shahrida bo‘lib o‘tgan. Muhim joylar serial voqealari bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, ko‘prik yoki arg‘imchoq serialni yodga soladi. Serialda Midyatdagi eng qudratli oilalardan birining qizi Reyyan va ko‘p yillar oldin o‘ldirilgan ota-onasidan qasos olmoqchi bo‘lgan Miranni sevib qoladi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Orol ertagi” seriali

    Ushbu loyiha 2021-yilda tomoshabinlarga taqdim etilgan. “Orol ertagi” serialida bosh rollarni Aycha Ayshin Turan va Alp Navruz ijro etgan. Loyiha 25 ta qismdan iborat. Suratga olish ishlari Seferihisar shahrida (Izmir viloyatida joylashgan) joylashgan Sigajik hududida bo‘lib o‘tdi. Sujet davomida bosh qahramon shovqinli shaharni tark etadi va asta-sekin Egey dengizi yaqinidagi sokin va go‘zal hayotga oshiq bo‘la boshlaydi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Loyihada Xaziran o‘z karyerasi uchun orolga boradi, qahramon u yerda ishi rivojlanish uchun yer sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerak. Biroq shu yerning egasi bo‘lgan Poyrazni shu yerda uchratib qoladi. U savdo hujjatlarini imzolash niyatida emas, buning uchun Xaziran orolda qolib, shahardan tashqarida hayot qanday ketayotganini bilishga majbur bo‘ladi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    “Mas’uliyat” loyihasi

    Ushbu serial 2014-yilda turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. Unda bosh rollarni Mehmet Akif Alakurt va O‘zlem Yilmaz ijro etgan. Loyiha 13 qismdan iborat. Serial voqealari qadimgi Ugryup shahrida sodir bo‘ladi. Bu yer sun’iy g‘orlar va qadimgi uylari arxitekturasini, zamonaviy qiyofa va tarixiy muhitni o‘zida mujassam etgan joy.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Loyiha sujetida politsiya operatsiyasi paytida xavfsizlik kuchlari kapitani Firat Ozder tasodifan begunoh tinch aholini o‘ldiradi. Bo‘lib o‘tgan voqea unga tinchlik bermaydi. U o‘sha insonning qarindoshlarini topib, yordam bermoqchi bo‘ladi. Shunday qilib, qahramon marhum Zelolning kelini bilan uchrashadi va kutilmaganda uni sevib qoladi.

    “Sevgilim, Alabora”

    “Sevgilim, Alabora” seriali 2015-yilda namoyish etilgan. Unda bosh qahramonlarni Kadir Dog‘ulu va Elchin Sangu gavdalantirgan. Loyiha 4 qismdan iborat. Serial juda kam qismdan iborat, ko‘pchilik tomoshabinlar “Sevgilim, Alabora”ga yana imkoniyat berilishi kerak edi, degan fikrga qo‘shildi. Ammo reytinglar pastligi sababli, serial atigi 4 ta qismdan so‘ng yakunlandi. Suratga olish ishlari tabiiy go‘zalligi bilan diqqatni tortadigan Mug‘la shahrida bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Hududda bir nechta sahnalar suratga olindi. Suratga olish uchun eng ko‘p foydalanilgan joylar Karabortlen qishlog‘i va Ko‘ychegizdagi ko‘l bo‘yidagi otxona edi. Serial taqiqlangan sevgi mavzusiga bag‘ishlangan. Sujetga ko‘ra, qiz oilasi tanlagan inson bilan birga bo‘la olmasligini tushunib, yaxshi ko‘rgan insoni bilan qochishga qaror qiladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Qirg‘oq” seriali

    “Qirg‘oq” seriali 2013—2015-yillarda namoyish etilgan. Unda bosh qahramonlar rolini Chag‘atay Ulusoy va Serenay Sarikaya gavdalantirgan. Loyiha 77 qismdan iborat. Bu serialni haqli ravishda afsonaviy deb atash mumkin. Loyihada juda ko‘p iste’dodli aktyorlar ishtirok etgan. Melodramaning suratga olish jarayonlari Marmara dengizi bo‘yida joylashgan Istanbul hududida bo‘lib o‘tdi. Bu qayiq va yaxtalar uchun to‘xtash joyi, favvorali hovuzlar va o‘yin parki bo‘lgan katta maydon hisoblanadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Yaman mehnat va o‘qishning uddasidan chiqqan yigit. Qahramonning bolaligi og‘ir kechadi, biroq u yoshligida ham qiyinchiliklarga dosh bera oladi. Unga bu borada akasi o‘rnak bo‘ladi. Biroq aynan Kenan tufayli Yaman xavfli vaziyatga tushib qoladi, shundan so‘ng uni hibsga olishmoqchi bo‘lishadi. Yaman yo‘lda advokat Selim Serezni uchratib qoladi.

    “Osiyo” seriali

    “Osiyo” seriali 2007—2009-yillarda tomoshabinlarga taqdim etilgan. Loyihada bosh rollarni Tuba Buyukustun va Murat Yildirim ijro etgan. Loyiha 71 qismdan iborat. “Osiyo” serialining suratga olish ishlari Turkiyaning eng mashhur janubiy shahri – Antakyada bo‘lib o‘tgan. Bu joy tog‘lar va unumdor vodiylar bilan o‘ralgan.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sujetga ko‘ra, Osiyo deyarli bankrot bo‘lgan va oilasini boqa olmayotgan dehqonning qizi. U oilaviy sharoiti yaxshilanishi uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Go‘zal Osiyo ham xuddi otasi kabi shu zaminga bog‘langan. U tabiat, yerning tilini chuqur his qiladi va tushunadi. Hatto unga xuddi shu hududda oqib o‘tadigan va afsonaga ko‘ra suvni qaytarib olib keladigan Osiyo daryosi tufayli shu ism qo‘yilgan. Kunlardan bir kun Osiyo Demir bilan uchrashadi. Bu uchrashuv so‘nggi umid bo‘lib tuyuladi, biroq keyinchalik ularning oilalari yashiradigan ko‘plab sirlar oshkor bo‘ladi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    “Eylulning kichik muammosi” filmi

    Ushbu 2014-da suratga olingan, unda bosh rollarni Farah Zeynep Abdulla va Engin Akyurek gavdalantirgan. Suratga olish ishlarining asosiy qismi Egey dengizining shimoliy qismida joylashgan Bo‘zjaada orolida bo‘lib o‘tgan. Sujetda baxtsiz hodisadan keyin Eylul ismli qahramon hayotining so‘nggi oyidagi voqealarni unutadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Atrofdagilar, do‘stlari va oilasi unga hech qanday muammo yo‘qligini aytishsa-da, Eylul yolg‘on gapirayotganidan shubhalanadi. U faqat o‘z instinktlariga quloq tutib, orolga borishga majbur bo‘ladi va u yerda tasodifan notanish insonni uchratadi va ular bir-birini sevishganlar ekaniga ishontiradi.

    05.07.2023, 20:45   Izoh (0)   10123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhabbat qissalari” filmidagi obrazi bilan mashhurlikka erishgan hind aktyori Jimmi Shergil hozir qayerda? 

    04.07.2023, 16:31

    Sobiq raqqosa, hanuzgacha avtobusda yuradi va mashhur obrazidan uyaladi: Aktrisa Gulchehra Jamilova 77 yoshda (foto, video) 

    04.07.2023, 13:40

    “Stop, olindi”: “Garri Potter” franshizasida sahna ortida yuz bergan qiziqarli voqealar 

    04.07.2023, 09:30

    “Bu dunyoda ‘yaxshi ishlading’dan ko‘ra yomonroq so‘z mavjud emas!” — “Qat’iyat” filmi haqida

    03.07.2023, 23:20

    “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi namoyishining birinchi haftasida 130 million dollar ishlab topdi

    03.07.2023, 16:40

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida 8 nafar yangi aktyor ishtirok etadi

    03.07.2023, 09:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.