Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tadbirkor 15 ta xonadonni kam ta’minlangan oilalarga hadya qildi. Bu haqda tuman hokimlik axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev xabar berdi.
![](/static/Risolat/uyi.jpg)
Unga ko‘ra, Koson tumani “Do‘stlik” mahallasida Yangi O‘zbekiston massivlari bunyod etilmoqda. Mazkur hududda 7 ta 5 qavatdan iborat uy-joy qurgan “Koson Sanoat Montaj” MChJ jami 140 ta xonadonning 15 tasini kam ta‘minlangan, ehtiyojmand oilalarga hadya qildi. Uylarning narxi taxminan 250 million so‘mni tashkil qiladi.
![](/static/Risolat/uyim.jpg)
Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilgan uy-joylarning yerto‘la qismida yashash uchun barcha sharoit yaratilib, moslashtirilib, ijtimoiy uyga aylantiriladi va uy-joyga muhtoj oilalarga ajratilishi kutilmoqda.
Izoh (0)