“Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
Hujjat bilan maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, sport, professional taʼlim muassasalari hamda oliygohlarning pedagog xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari belgilanmoqda.
Umumtaʼlim maktab muassasalari o‘qituvchilari uchun uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi 56 kalendar kunini tashkil etadi. To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Uzaytirilgan mehnat taʼtillari uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Maʼlumot uchun, Mehnat kodeksiga ko‘ra, taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 27-iyundan kuchga kirdi.
O‘zbekistonda pedagoglar soni
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 159,9 ming nafarini yoki jami pedagoglarning 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.
2022/2023-o‘quv yilida 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida maktablarda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni ko‘p.
Izoh (1)
Ушбу мақолани чиқарган журналистга саволим, пахтакормисиз, қайси калла бн таътил кўпайди деб ёзябсиз,