Qozog‘iston Milliy statistika byurosi mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.
Maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 2023-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 19 million 879 ming 003 kishini tashkil qilgan. Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 112 ming kishiga ko‘paydi. Jami 12,2 million kishi shaharlarda, 7,6 million kishi qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholi soni bo‘yicha birinchi uchlikka Turkiston (2,1 million), Olmaota (1,5 million) va Qarag‘anda (1,1 million) viloyatlari kiradi.
Aksariyat aholi respublika ahamiyatiga molik shaharlarda istiqomat qiladi: Olmaota (2,1 million), Ostona (1,3 million) va Chimkent (1,2 million).
Shimoliy Qozog‘iston (977 kishi), Sharqiy Qozog‘iston (425 kishi) va Kostanay viloyatlarida (374 kishi) aholi soni kamaygan.
Migratsiya bo‘yicha aholining chiqib ketishi 15 ta viloyatda sodir bo‘lgan, ijobiy ko‘rsatkich 5 ta hududlarida kuzatilgan. Aholining Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlariga, shuningdek, Mang‘istov va Olmaota viloyatlariga ko‘chishi davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston aholisi 2022-yilda 261 845 kishiga ko‘paygandi.
Izoh (0)