Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi. Bu haqda Akorda xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif 2023-yil kuz fasliga mo‘ljallangan. Respublika rahbari Rossiya prezidenti bilan telefon suhbatida tashrifni muhokama qilgan.
“Bugun fursatdan foydalanib, Qozog‘istonning Rossiya bilan uzoq muddatli va barqaror strategik sheriklik formatida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi prinsipial pozitsiyasini tasdiqlayman. Ishonchim komilki, bunday pozitsiya xalqimiz manfaatlariga to‘la javob beradi”, — dedi u.
Izoh (0)