Amerikaning Apple kompaniyasi AirPods Pro’ga eshitish qobiliyatini tekshirish va tana haroratini o‘lchash funksiyalarini qo‘shadi. Bu haqda 2-iyul kuni Bloomberg jurnalisti va insayder Mark Gurman ma’lum qildi.
Simsiz quloqchinlar odamning eshitish qobiliyatini aniqlash uchun turli xil tovushlarni chiqara oladi. Funksiya Apple Watch’ga o‘rnatilgan elektrokardiogramma kabi ishlaydi. Bundan tashqari, korporatsiya AirPods Pro’dan eshitish apparati sifatida foydalanishni taklif qilmoqda.
Apple, shuningdek, quloq kanali orqali tana haroratini o‘lchash uchun quloqchinlarni maxsus sensorlar bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, ma’lumotlar Apple Watch’ning ayrim modellaridagi shu turdagi identifikatordan ko‘ra aniqroq bo‘ladi.
Izoh (0)