Niderlandiyada bu yil rekord darajadagi dori tanqisligi kutilmoqda. Bu haqida mamlakatdagi farmatsevtlar uyushmasi ma’lum qildi.
“2023-yilda yetishmayotgan dori vositalari soni rekord darajaga yetadi”, — deyiladi farmatsevtlar uyushmasi saytida e’lon qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, 2022-yilda Niderlandiyada 1 514 taga yaqin yetishmayotgan dori vositalari ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, joriy yil uchun bunday dorilar soni 1 179 taga yetdi.
“Dori vositalarini ishlab chiqarish, tarqatish va sifati bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga kelgan dori-darmon taqchilligi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki bu aholining katta guruhiga ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi golland farmatsevtlari.
Niderlandiya qirollik farmatsevtlari assotsiatsiyasi raisi Aris Prins vaziyatni xavotirli deb hisobladi va Niderlandiyadagi barcha manfaatdor tomonlarni bu vaziyatdan imkon qadar tezroq chiqib ketish uchun qaror qabul qilishga chaqirdi.
Izoh (0)