Indoneziyada kuchli zilzila yuz berdi. Uning magnitudasi 5,6 ballni tashkil etdi, deyiladi Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi bayonotida.
Mutaxassislarning fikricha, seysmik hodisa epitsentri Abepura shahridan 162 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Bu yerda 62,2 ming kishi istiqomat qiladi. Zilzila manbasi 49 kilometr chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Joriy yilning 17-iyun kuni Fransiya g‘arbida ketma-ket ikki marta 5 magnitudali zilzila ro‘y bergandi.
Ma'lumot uchun, Indoneziya orollardan tashkil topgan davlat bo‘lib, bu yerda zilzilalar tez-tez sodir bo‘ladi.
Izoh (0)