Toshkent viloyati Zangiota tumanida temir to‘siq Damas ichiga kirib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 24-iyun kuni soat 15:00 larda Zangiota tumani hududidan o‘tgan 4R23-A avtomobil yo‘lining 2-kilometridan kesib o‘tgan 3387 raqamli temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. 1994-yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi Damas‘da o‘tayotgan vaqtida temiryo‘l kesishmasiga o‘rnatilgan shlagbaum nosozligi tufayli avtomobilga kirib ketgan.
Oqibatda Damas‘ning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1960-yilda tug‘ilgan A.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YXXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)