Samarqandda Xitoy davlati bilan hamkorlikda qiymati 250 million dollarni tashkil etuvchi qon preparatlari ishlab chiqariladi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xitoyning Xindeyuan Bioengineering kompaniyasi vakillari bilan ayni shu masalada muzokara o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 250 million dollarlik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi.
Samarqandda 15 gektar maydonda qad rostlaydigan qon preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi kutilayotgan farmatsevtika zavodi aholining bunday preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamayishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)