• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “86 foiz bitiruvchi o‘zi o‘qigan sohada ishlayapti” — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov bilan suhbat (video)

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida sirtqi taʼlimdagi muammolar, diplom, bandlik va tizimda qilinayotgan yangiliklar haqida gapirib berdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda sirtqi taʼlim sifati pastligi tez-tez tanqid qilib turiladi. Talabalar yilda ikki oy o‘tiladigan darslarni yaxshi o‘zlashtirmayotgani aytiladi. Bunday fikrlarga munosabatingiz qanday? Muammolarni bartaraf etish uchun nimalar qilinyapti?

    Sirtqi taʼlim qaysidir sohada mehnat faoliyatini yuritayotgan, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar uchun bo‘lishi kerak. Bizda esa hamma umumiy qabul qilinadi. Bu yildan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi taʼlimga ushbu sohada faoliyat olib borayotganlar kiradi. U maktabdagi o‘qituvchilar sifatini oshirish uchun qilinadi. Boshqa sohalarda ham bu ish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yaʼni sirtqida o‘qish uchun qayerdadir ishlayotgan bo‘lishi kerakligi talab etiladi.

    2022-yildan boshlab masofaviy taʼlim joriy etildi. Ikki yillik tahlillarga asoslanib, sirtqini masofaviy shaklga o‘tkazish masalasini ko‘ryapmiz. Yaʼni masofaviy taʼlimda sirtqiga o‘xshab faqat darsga kelganda emas, talaba platforma orqali doimiy onlayn topshiriqni olib turadi. Faqat bunga biz texnik tomondan tayyor bo‘lishimiz kerak. Talaba tomon ham. Oliy taʼlimda barcha sharoitni qilsangiz-u, uzoqdagi talabaning interneti yoki boshqa imkoniyatlari bo‘lmasa, bu ham jarayonga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

    Sirtqi taʼlimdagi shakllar bosqichma-bosqich tarzda masofaviyga o‘tadi. Chunki dunyoga qarasak, ikkalasi birga turibdi. Sirtqi taʼlimdan voz kechilishi kerak. Bugungi kunda u eskirgan holatga kelib qoldi, o‘zini oqlamayapti. Chunki sirtqida asosiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar o‘qishi kerak. Kechki taʼlim ham xuddi shunday. To‘g‘ri, kechkining yaxshi tomoni haftada 5 kun majburiy o‘qish bor va bu 4,5 yil davom etadi. Sirtqi asosan OTMga qamrov, yoshlarni ko‘proq oliy taʼlim olishlari uchun kerak.

    Abduvali Xoliqov 
    Foto: “Daryo”  

    Masofaviy sirtqi taʼlimga qachon o‘tilishi mumkin? Harakatlar boshlanganmi?

    Masofaviy sirtqiga qachon o‘tilishini jarayon belgilab beradi. Oldindan bir nima deb bo‘lmaydi. Balki uch yil yoki besh yilda vaqt ketar. Platformalarni shakllantirish, internet tezligi yaxshi bo‘lishi zarur. Yaʼni imkoniyatlar va sharoit yetarli bo‘lgachgina tizim ishlaydi. Bu yerda masofaviy zo‘r bo‘lyapti deb, yo‘nalishlarni kengaytirib tashlayversak foydasi yo‘q. Ishlamasa, faqat qog‘ozda yoki gapda qolib ketadi.

    Qaysidir sohada ishlab, o‘z sohasi bo‘yicha sirtqi taʼlimga kirganlar yaxshi kadr bo‘lib yetishyapti. Ular bir yilda ham 10 oy amaliyotda bo‘ladi, ham 2 oy o‘qishga keladi. Bu juda ham yaxshi. Ayniqsa, muhandislik sohalarida, fundamental sohalarda foydali.

    Davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar diplom olishni uch yil kutadi. Buning sababi nima? Kelajakda ushbu tartibga o‘zgartirish kiritilishi mumkinmi?

    Davlat buyurtmasi bilan o‘qigandan keyin davlat uchun ishlab berish kerak. Chunki unga pul to‘lab davlat o‘qityapti. “Mana, senga pul. 4 yilmi, 6 yilmi o‘qigin-da, keyin menga ishlab berasan”, deyapti. U iqtisodiyot tarmog‘i uchun xizmatini qilishi kerak. Chunki u bo‘yniga majburiyat olyapti.

    Bugungi kunda diplomni OTMda uch yil turishi masalasi ko‘rib chiqilyapti. Diplomlarni uch yil saqlab turishdan OTM manfaatdor emas. Lekin bu masala muammo chiqmaydigan qilib yechilishi kerak. Bitiruvchi ham zarar ko‘rmasligi, pulini to‘lab qo‘yib, o‘qitgan tashkilot yoki davlat ham zarar ko‘rmasligi kerak.

    Agar qaysi korxona yoki tashkilot kontraktini to‘lab berib, o‘qitsa, talabaning diplomi o‘sha tashkilotga beriladi. Chunki bu shartnomada ko‘rsatiladi. Jarayon ketyapti, lekin buni bekor qilish yoki qilmaslik faqatgina vazirlikka bog‘liq emas. Chunki bu yerda Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bor, yaʼni bitiruvchilardan manfaatdor bo‘lgan vazirliklar mavjud.

    “Yo‘q, men grantga kirdim, o‘zim o‘qiyman. Diplom meniki, bilganimni qilaman”, degan fikr noto‘g‘ri. Talaba davlatning mablag‘iga o‘qidimi, albatta, davlat uchun xizmat qilishi kerak. Mayli xususiy sektorda mehnat qiladimi, davlat tashkilotida ishlaydimi, davlat uchun xizmat qilishi lozim.

    Diplomni olgan bilan uni nima qiladi? Unga xohlagan joyiga ishga kirish imkoni mavjud-ku. Menda ham masalan, 5-6 ta diplom bor. Hammasi uyda turibdi. Ishga kirilayotgan paytda bitta ko‘rsatib, nusxasini berganmiz — bo‘ldi. Hammada ham shunaqa. Diplomni OTMda turishi umumiy mehnat faoliyatiga taʼsir ko‘rsatadigan omil emas. Agar bitiruvchi xorijiy OTMga o‘qishga borayotgan bo‘lsa, diplomi beriladi. O‘sha OTMdan xat kelsa, bo‘ldi. Bizga murojaat qiladi. OTMga xat beramiz va diplomini olib ketaveradi. Bu yerda sunʼiy to‘siqlar yo‘q.

    OTMni to‘lov–kontrakt asosida o‘qib, tamomlagan bo‘lsa ham bitiruvchiga “ishga kirganing haqida imzo olib kel, diploming keyin beriladi”, degan antiqa tartib borligini eshitgandik. Bu qanchalik to‘g‘ri?

    Bugungi kunda bu tartib antiqaligini yo‘qotgan, men sizga kafolat berib aytaman. Oxirgi ikki yilda kontraktda o‘qiganlardan bunday narsa so‘ralmayapti. Agar bo‘lsa, umumiy maʼlumot yig‘ib qo‘yiladi. Majburiy emas. To‘g‘ri, shu paytgacha majburiy bo‘lgan. Lekin davlat granti asosida o‘qiyotganlar bo‘yicha OTM albatta muvofiqlashtiradi. Shuning uchun ham farmoyish bilan davlat buyurtmasi tasdiqlandi. Bu yil faqat grant tasdiqlandi. Biz sekin-asta mehnat bozoriga moslashib boryapmiz. Yaʼni talabgor kontrakt pulini to‘lab, xohlasa o‘qiydi, xohlamasa o‘qimaydi. Grant uchun mablag‘ni davlat 100 foiz to‘lab beradi. Shu qismi davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu to‘g‘ri, 34 ming 800 nafar bakalavr davlat uchun kerak, uni to‘liq pulini to‘lab beradi.

    Agar shu tartib yo‘qolgan bo‘lsa, bitiruvchilar ishga kirayotgani bo‘yicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi? Hozirda bitiruvchilarning necha foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishda ish bilan band bo‘lmoqda?

    Bizda bunday tahlillar bor. Oliy taʼlimda HEMIS tizimi joriy etilgan. Yagona bazani shakllantirib bo‘ldik. Bugungi kunda tizimga nodavlat OTMlarining talabalari kiritilish jarayonida. Ular bilan ham ishlayapmiz. Bizning bu baza bandlik va soliqning bazasiga ham ulangan. Xohlagan vaqtimizda, ularga murojaat qilib, uch yil oldin bitirib ketgan qaysidir OTM, masalan, Buxoro davlat universitetining matematika fakultetini tamomlagan 80 nafar boladan qanchasi, qayerda ishlayotgani to‘g‘risidagi maʼlumotni ola olamiz.

    Bugungi kunda 86 foiz atrofidagi bitiruvchilar o‘zi o‘qigan sohasi bo‘yicha ishlayapti. Lekin 14 foiz ham ko‘p. Bu 100 ming nafardan 14 ming nafari o‘zi o‘qigan yo‘nalishda ishlamayapti, degani. Joriy yil 150 ming talaba o‘qishni bitiradi. Bu ular orasidan 21 ming nafari o‘zi o‘qigan yo‘nalishda ishlamayapti degani. O‘sha 21 ming bola yoki ikkinchi mutaxassislikka topshiradi, yoki boshqa variant izlaydi.

    Bu yerda yo‘nalishlarni bozor va talabgor belgilab berishi kerak. Agar bizda qaysidir yo‘nalishlarga abituriyentlar soni kam bo‘lsa yoki ular to‘lmasa, o‘sha yo‘nalishga ehtiyoj yo‘q degani. Lekin buning uchun abituriyentlarda kasbga yo‘nalish fikri bo‘lishi kerak. Bugun tan olishimiz kerak, aksariyat abituriyentlarda qaysi OTMga kirish va qanaqa yo‘nalishda o‘qishning ahamiyati yo‘q. O‘qishga ertani o‘ylab kirish kerak. O‘shandagina biz qaysi yo‘nalishlarni yopib, qabulni to‘xtatishimiz kerakligi, qaysi yo‘nalishlarga talab ko‘p, kvotani oshirishimiz kerakligini aniq bilamiz. O‘zini aktivligini yo‘qotgan yo‘nalishlar faoliyatini to‘xtatish kerak. Mehnat bozori uchun yangi yo‘nalishlarni shakllantirish lozim. Va biz bu bo‘yicha ishlayapmiz.

    Maqsadimiz taʼlim yo‘nalishlari sonini kamaytirib, diplomda kvalifikatsiya berishni ko‘paytirish. Yaʼni bitiruvchilarni kamida ikkita sohada ishlaydigan mutaxassis qilib yetishtirishimiz kerak. Bu jarayon boshlangan. Masalan, Jahon tillari universitetining ispan tili yo‘nalishida o‘qigan bitiruvchini diplomiga ispan tili mutaxassisi deb yozib berilardi. U qishlog‘iga boradi, lekin biror joyda ispan tili yo‘qligi uchun ishlay olmasdi. Bugun esa ispan tilini tugatganlarga aytaylik, ikkinchi til sifatida ingliz tili o‘qitilgan bo‘lsa, ingliz tili mutaxassisligini qo‘shib yozib beryapmiz. Boryapti, ispan tili yo‘qmi, ingliz tilidan darsini beryapti. Bunga 4 yil bo‘ldi.

    Hozir buni yana boshqa sohalarda ham kengaytirib boryapmiz. Masalan, muhandislik sohasida, pedagogikada matematika informatika bilan birlashdi, maktabda dars soatlari kam bo‘lgani uchun o‘qituvchi ham matematika, ham informatikadan dars bersin deb, yo‘nalishni matematika va informatika qildik. Yoki bo‘lmasa, fizika–astronomiya birlashdi. Bu sekin-asta optimallashib boryapti. Bitiruvchining ishlash imkoniyati kengroq bo‘lishi kerak. Biz o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilsak va bitiruvchilar manfaatini inobatga olsak, hammasi iziga tushib ketadi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    26.06.2023, 19:35   Izoh (0)   5742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Singapur Qo‘qondagi zavodga 20 mln dollar investitsiya kiritdi

    26.06.2023, 19:30

    Andijonda jarimalar qoida buzmagan mashinalarga yozilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

    26.06.2023, 18:35

    Surxondaryoda hokim tashrifidan so‘ng yo‘l ta’mirlash ishlari to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi

    26.06.2023, 18:22

    Navoiy va Xorazmda zaxiradagi yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

    26.06.2023, 17:43

    Rossiyada nochor holda qolgan namanganlik erkakka yordam berildi

    26.06.2023, 17:18

    O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun yordam qoldirilgani aytildi 

    26.06.2023, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.