Texas politsiyasi Uber taksi haydovchisini otib o‘ldirgan amerikalik Fibi Kopasni hibsga oldi. Ayol taksi haydovchisi uni o‘g‘irlab, Meksikaga olib ketmoqchi deb o‘ylagan. Bu haqida CBC News xabar berdi.
“Taksida ketayotgan paytda Kopas uni Meksikaga olib ketishyapti, deb o'ylab, haydovchi Pyedrani otib tashladi. Tergov davomida haydovchi ayolni o‘g‘irlashga uringani yoki ayol boradigan manzilni o‘zgartirgani aniqlanmadi”, — deyiladi politsiya departamenti bayonotida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi ayolni AQSH davlat chegarasi yaqinidagi aholi punkti orqali olib ketayotganda ayol Meksikaning Xuares shahriga olib boradigan yo‘l ko‘rsatkichiga ko‘zi tushgan va haydovchiga o‘q uzgan.
Og‘ir tan jarohati olgan haydovchi bir necha kundan keyin kasalxonada vafot etdi. Ayol qotillikda ayblanib, hozirda hibsda saqlanmoqda.
Izoh (0)