Argentinada Daniela Karbone ismli styuardessa sobiq sevgilisi va uning ma'shuqasi mamlakatni tark etib, Mayami shahriga uchib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida samolyotda bomba borligi haqida yolg‘on xabar berdi. Bu haqda The Insider yozgan.
Agar aybdor deb topilsa, ayol olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Karbone ovozni o‘zgartiruvchi dastur yordamida samolyot uchuvchisiga qo‘ng‘iroq qilgan va samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.
"Kapitanga ayting, biz uning samolyotiga uchta bomba joylashtirdik. Samolyotni tekshiring, chunki u havoda parchalanib ketishi mumkin", - dedi Aerolineas Argentinas styuardessasi.
Karbonening sobiq yigiti Picho va uning hozirgi sevgilisi ham reysda bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlaydi. Ular besh yil davomida uchrashib yurishgan. Daniela sobiq sevgilisi uni boshqa, yoshroq styuardessa sabab tashlab ketganini kechira olmadi.
Hodisa oqibatida samolyotdan 270 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilingan. Politsiya Karboneni Buenos-Ayresdagi xalqaro aeroportida hibsga oldi. Unga jamoatchilikni qo‘rqitish va davlat xizmatlariga to‘sqinlik qilish aybi qo‘yilmoqda.
Aerolineas Argentinas aviakompaniyasi parvozlar jadvalini majburiy o‘zgartirish tufayli bir million dollarga yaqin zarar ko‘rdi.
Izoh (0)