AQSH Davlat departamenti “mamlakatni milliy qayta tiklash”ga yordam berish uchun 3,9 million dollardan ortiq mablag‘ ajratmoqchi.
“Ushbu dasturning maqsadi mamlakat ichida o‘z turar joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lganlarga yordam berish, shu bilan birga Ukrainadagi samarali va tezkor yordam tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”, — deyiladi AQSH Davlat departamenti hujjatida.
Shu maqsadda AQSH Davlat departamentining Mojarolarni hal qilish va barqarorlashtirish operatsiyalari byurosi mutaxassislari davlat organlari salohiyatini oshirish, mamlakat ichida boshqa joyga ko‘chirilganlar va qabul qiluvchi tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasini kuchaytirish niyatida.
Avvalroq AQSHning Kiyevdagi elchixonasi harbiy va siyosiy voqealar haqidagi ishonchli ma’lumotlarni auditoriyaga yetkazishi kerak bo‘lgan Ukraina ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi.
Izoh (0)