Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida bedarak yo‘qolgan erkak bir yildan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Sherobod tumani “Cho‘yinchi” mahallasida yashovchi, 1974-yil 29-aprel kunida tug‘ilgan Jo‘ra Musayev 2022-yil 17-may kuni yashash manzilidan noma‘lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ushbu fuqaro to‘g‘risida biror-bir ma‘lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan +998937602202, +998977854443 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘ralgan. Ushbu shaxs to‘g‘risida ma‘lumot bergan fuqaro 5 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)