Samarqand shahrida erkak ijtimoiy tarmoqda begona ayolning suratlarini montaj qilib, undan pul, telefon va tilla zanjir talab qildi.
Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Z.N. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘zining “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan suratlarini nomaʼlum shaxs yuklab olib, uyatli rasmlari borligini aytib, pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam sudlangan, Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi, 35 yoshli T.U. ekani aniqlangan. T.U. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida Z.N. joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergan.
Ushbu uyatli fotosuratlarni, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 6500 AQSH dollari, bir dona iPhone 13 Pro va bir dona erkaklar tilla zanjiri talab qilgani maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)