Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis juma kuni Buxarestdagi qarorgohida mamlakatga shaxsiy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ni qabul qildi.
Kotrochen saroyida rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, u prezident maʼmuriyati saytida jonli efirga uzatildi, yakkama-yakka suhbat bo‘lib o‘tdi, shuningdek, Britaniya monarxining Ruminiya hukumati, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.
Ziyofatda so‘zga chiqqan Yoxannis Charlz III ga Ruminiyaning tabiati va boy madaniy merosini muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Charlz III Ruminiyaga nisbatan iliq his-tuyg‘ularini bildirib, bu yerda o‘zini “uydagidek his qilishini” ta’kidladi.
Izoh (0)