Batik Air Malaysia aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkentni bog‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Malayziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023-yil oktabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda. Kuala-Lumpur—Toshkent—Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar haftasiga uch marta Boeing 737 Max8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bunday niyatni aviakompaniya vakillari O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi ko‘magida Uzbekistan Airports bilan o‘tgan muzokaralar chog‘ida bildirgan. Batik Air Malaysia — shtab-kvartirasi Kuala-Lumpurda joylashgan Malayziya aviakompaniyasi. Kompaniya Indoneziyaning Lion Air Group sho‘ba korxonasi hisoblanadi.
Izoh (0)