• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yillar o‘tgach mamlakatimizdagi taʼlim tizimi rivojlangan davlatlarning taʼlim darajasiga yetib oladi” — Pekindagi universitetda o‘zbek tilidan dars beradigan o‘zbekistonlik o‘qituvchi

    Xorijda tahsil olayotgan, ish faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar talaygina. Ular bugun turli sohalar, xususan, taʼlim, tibbiyot, IT kabi sohalarda faol. Jumladan, Xitoyda o‘qituvchilik faoliyatini olib borayotgan Vatandoshimiz Dilsora Mirzaahmedova ulardan biri.

    Pekin shahrida joylashgan Markaziy millatlar universiteti, Rus—Markaziy Osiyo tillari fakulteti o‘qituvchisi, dotsent Dilsora Mirzaahmedova “Daryo”ga bergan intervyusida ushbu mamlakatdagi yashash tarzi, taʼlim sohasi va O‘zbekiston—Xitoy munosabatlari haqida fikrlarini bildirdi. 

    Foto: Dilsora Mirzaahmedovaning shaxsiy arxividan

    — Yoshligingizdan xorijga ketguningizga qadar bo‘lgan vaqtda qayerlarda taʼlim olgansiz? Umuman olganda, vaqtingiz nimalar bilan o‘tgan?

    — Namangan viloyatining Pop tumanidagi 3-maktabda tahsil olganman. Keyinchalik esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida o‘qiganman. Asosiy vaqtim o‘qish bilan o‘tgan. Juda ham kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan bolaligim bo‘lgan. Bugungacha nimaga erishgan bo‘lsam, o‘sha paytda o‘qigan kitoblarim natijasi deb bilaman.

    Har doim chet elda o‘qishni xohlardim. Biroq oilamdagi muhit sabab chet elda chiqolmasam kerak, deb o‘ylardim. Taqdirning ishi ekan, hammasi tubdan o‘zgarib ketdi. Jahon tillari universitetida o‘qib yurganimda, Xitoy Xalq Respublikasiga 2-kursda davlat grantini yutdim. Birinchi bo‘lib Changchun shahriga o‘qishga keldim. Bu til kursi edi, 1 yillik. Keyin O‘zbekistonga qaytib borib, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy o‘zbek-xitoy institutida dars berishni boshladim. O‘sha yili Xitoyga magistraturaga taklif qilishdi. Sian shahriga o‘qishga keldim va 3 yil davomida o‘qidim. Dastlab Sian xorijiy tillar universitetida, keyin magistraturaning to‘liq o‘zini o‘qidim. O‘qishim davomida yaxshi kadr bo‘lish uchun o‘z ustimda ko‘proq ishlashim kerakligini tushunib yetganman.

    — Nima uchun aynan o‘qituvchilik kasbini tanlagansiz? 

    — Bakalavrda jurnalistika yo‘nalishini tamomlagan bo‘lsam ham, xalqaro jurnalistika o‘sha paytlarda hozirgidek rivojlanmagan, bugungidek ochiq ishlash imkoniyati yo‘q edi. O‘shandagi holat sabab bu sohada ishlash men uchun qiyin ekanligini tushunib yetganman. 

    Xitoy tilida ham mutaxassislarimiz bor, lekin ko‘p emas. Agar bu yo‘nalishdan ketadigan bo‘lsam, men nimagadir erishishim mumkinligini tushunganman. 

    — Xitoy tilini o‘rganish murakkab. Shunday bo‘lsa-da ushbu mamlakatga kelish fikri qayerdan paydo bo‘ldi?

    — Jahon tillari universitetiga o‘qishga kirganimda til tanlash imkoni bo‘lganda xitoy tili rivojlanayotgan va o‘qisam, ish topib keta olaman deb, ko‘pchilikning maslahati bilan tanlaganman.

    Foto: Dilsora Mirzaahmedovaning shaxsiy arxividan

    — Xitoyga ilk bor qadam qo‘yganingizda nimalarni his qildingiz?

    — Dastlab xorijga chiqqanda “kulturniy shok” bo‘ladi har bir insonda. Yaʼni tasavvurimizdagi davlat bilan ko‘rganimiz boshqa-boshqa bo‘ladi. Odamlarning o‘zini tutishi, oziq-ovqat, havosi ham taʼsir qiladi. Mendagi eng birinchi tasavvur Pekin aeroportida bo‘lgan. Aeroport oynasidan qaraganimizda tashqari tuman bo‘lib ko‘ringan. Shunda hamma chamadonidan ustki kiyimlarini olib kiygan. Tashqariga chiqsak, havo issiq bo‘lgan, ko‘ringan narsa tuman emas, havoning dim holati bo‘lgan. 

    — Nima uchun aynan Xitoyda o‘qituvchilik qilishni tanladingiz. Masalan, Yevropaga ham borishingiz mumkin edi…

    — Menga universitetda dars berish taklifini berishgan. Dars beradigan fanim — o‘zbek tili. Bundan tashqari, xitoy tilida boshqa tilshunoslik fanlaridan ham dars beraman. Masalan, o‘zbek adabiyoti, madaniyatshunoslik, tarjimashunoslik, amaliy tarjima fanlaridan ham dars beraman. 

    Men ham xitoy tilida, ham o‘zbek tilida gapirganim uchun ularga bu juda qulay bo‘lgan va menga ham yaxshi taklif bilan aloqaga chiqishgan. 

    Foto: Dilsora Mirzaahmedovaning shaxsiy arxividan

    — Ish jarayonlari qanday kechdi? Qiyinchiliklar, ruhiy tushkunlik, moliyaviy qiyinchiliklar bo‘ldimi? Ularni qanday yengib o‘tgansiz?

    — Ish jarayonida qiyinchilik deyarli yo‘q. Ular menga yaxshi maosh to‘lashadi, doimiy sug‘urtam bor, yashash uchun uy tekin. Men o‘qish vaqtida biroz qiynalganman. Stipendiyalar kamroq bo‘lgan, o‘qishning o‘z bosimi bo‘ladi. Uni topshir, buni olib kel kabi. Fan imtihonlaridan tashqari, til darajasi imtihonlari bor. Shu tomondan talabalarda qiyinchilik bo‘ladi. Lekin yengib o‘tganmiz.

    — Xorijdagi taʼlim bilan O‘zbekistondagi taʼlim o‘rtasidagi eng muhim 5 ta farqni sanab bering.

    — Birinchisi, Xitoyda taʼlim o‘rta maktabdan boshlab ixtisoslashadi. Yaʼni gumanitar va aniq fanlar shaklida ikkiga bo‘linadi. Shundan so‘ng bolalar ixtisoslashib, o‘zlarining yo‘nalishlarida o‘qishadi. 

    Ikkinchisi, Xitoyda taʼlim uzluksiz olib boriladi. Masalan, o‘rta maktabda rus tilini o‘rgangan o‘quvchi universitetga o‘qishga kirsa qolganlar bilan birga o‘sha fanni qaytadan o‘qimaydi, aksincha, kelgan joyidan davom ettiradi. 

    Uchinchisi, o‘qituvchilar uchun juda ham yaxshi sharoitlar yaratilgan. Yana bir asosiy jihatlardan bittasi o‘qituvchi — ijodkor. U o‘z darsiga kirdimi, faqat o‘zining darsini o‘tishi kerak. Men istasam qandaydir darslikdan foydalanishim mumkin, istamasam, foydalanmasdan, o‘zim maʼruzalar matnini tayyorlashim mumkin. 

    To‘rtinchisi, o‘qituvchi ko‘p rasmiyatchilikdan ozod qilingan. Fakultetda dars o‘tadigan o‘qituvchi boshqa, tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanadigan o‘qituvchilar boshqa bo‘ladi. 

    Beshinchisi, o‘qituvchi tomonidan ham, o‘quvchi tomonidan ham taʼlimga bo‘lgan masʼuliyat hissi. Xitoyda talabalar kambag‘allikdan qutulish, hayotda o‘z yo‘lini topib ketish uchun faqat va faqat imkoniyat taʼlimda ekanligini tushunishadi. Masalan, men dars beradigan guruhda 12 ta talaba bo‘lsa, bir dona 3 baho oladigan talaba bo‘ldi. Qolganlari 4-5 bahoga o‘qishadi. 

    O‘qituvchilar ham darsdan istalgan vaqtda chiqib ketolmaydi, belgilangan vaqtda darslarni o‘tishi shart. Bitta semestrda o‘tgan darslaringiz, maʼruzalaringizni bitta kitob qilib nashr qiladigan darajada tayyorlanish zarur.

    Foto: Dilsora Mirzaahmedovaning shaxsiy arxividan

    — Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonning taʼlim sohasidagi yo‘li vaqt o‘tgach rivojlangan mamlakatlarnikiga yetib oladimi?

    — Taʼlimdagi bugungi kunda bo‘layotgan islohotlar meni quvontiradi. Haqiqatan ham, yaxshi tomonga o‘zgarishlar bor. Agar yanada masʼuliyat bilan yondashilsa, albatta, o‘zgaradi. 

    Universitetlarning o‘zidan kelib chiqib yoki maktablarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, ularning o‘zlariga rivojlanish strategiyalari tuzib berish kerak, deb hisoblayman. 

    Yillar o‘tgach, men umid qilaman, albatta, mamlakatimizdagi taʼlim rivojlangan davlatlarning taʼlim darajasiga yetib oladi. Chunki davlatimiz rivoji faqat va faqat taʼlimga bog‘liq. Qaysi sohani rivojlantirmaylik, o‘sha sohaning taʼlimi rivojlangan bo‘lishi kerak. 

    — O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar, o‘zaro hamkorlik haqida fikrlaringiz qanday?

    — Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtalsam, hozirgi kunda O‘zbekiston va Xitoy har jabhada hamkorlik olib bormoqda. Bo‘lajak sammitdan so‘ng ham yanada ko‘proq va keng qamrovli ikki tomonlama manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanib boradi. 

    Foto: Dilsora Mirzaahmedovaning shaxsiy arxividan

    — O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi yoshlarga aytadigan so‘zlaringiz...

    — Ularga bir gapni aytaman — faqat va faqat yaxshi o‘qish kerak. Chunki najot faqat taʼlimda. Yana bir narsa, chet tilini yaxshi o‘rganish kerak. Chet tilini yaxshi o‘rganishda avvalo ona tilidan boshlash kerak, yaʼni ona tilini yaxshi o‘rganish kerak. 

    Chunki poydevor yaxshi qo‘yilmasa, siz hech qaysi chet tilini yaxshi o‘rganolmaysiz. Men ko‘plab xitoy tilini o‘rgangan yoshlarni bilaman, “ega nima, kesim nima?”, deb so‘rab turishadi. Ular ko‘chada gaplasha olishi mumkin, lekin biror narsani har tomonlama yaxshi izohlab beradigan kadrlar bo‘lmaydi. 

    Shuningdek, qo‘shimcha sohalarni ham o‘rganish kerak. Men o‘ylayman, 10 yildan keyin tarjimonlarga ehtiyoj qolmaydi. Boshqa kasblarda til biladigan mutaxassis bo‘lib yetishish kerak.

    Og‘abek Samisov, Sian shahridan maxsus

    18.05.2023, 19:48   Izoh (0)   7471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    18.05.2023, 19:37

    Qashqadaryodagi bog‘da yigit attraksiondan uchib ketdi (video)

    18.05.2023, 19:10

    Toshkentdagi maktabda o‘quvchini ilon chaqib oldi

    18.05.2023, 18:15

    “Moldova Ukrainadan keyin urushdan eng ko‘p jabr chekkan mamlakat bo‘ldi” — Moldova bosh vaziri o‘rinbosari

    18.05.2023, 18:12

    Sirdaryoda xotinini farzandi yonida pichoqlab o‘ldirgan erkak qamaldi

    18.05.2023, 17:33

    Toshkentda 23 yoshli yigit hamkasbini pichoqladi 

    18.05.2023, 13:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.