• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi 18-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralardan boshlandi. Uchrashuv ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Sian shahridagi Shensi qarorgohida o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin dastlab davlat rahbarini samimiy qutlab, mamlakatda Konstitutsiyani yangilash bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi va O‘zbekistonda bo‘lajak prezident saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Xitoyga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbarini muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda oliy davlat lavozimlariga qayta saylangani bilan samimiy tabrikladi.

    O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrida dolzarb bo‘lgan masalalar batafsil muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani, barcha darajalardagi o‘zaro aloqalar jadal tus olgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib borayotgani va muhim masalalarda tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kambag‘allikni qisqartirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish, kichik va o‘rta biznes, infratuzilmani modernizatsiya qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va professional ta’lim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda samarali tajriba almashish va amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

    Savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Bu, eng avvalo, zamonaviy sanoat quvvatlarini barpo etish, investisiyaviy va yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish borasidagi qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi.

    Muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha quyosh, shamol va suv elektr stansiyalarini barpo etish, quyosh panellari, elektr uskunalar, transformatorlar, akkumulyatorlar ishlab chiqarish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va mutaxassislarni tayyorlash borasidagi loyihalardan iborat investitsiyaviy-texnologik hamkorlik dasturini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyani kengaytirish – elektr va gibrid avtotransport vositalarini yig‘ish bo‘yicha zamonaviy zavodlarni ishga tushirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Turdosh tarmoqlardagi loyihalarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, mis, litiy, nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuqori texnologik klasterni barpo etish shular jumlasidan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bundan tashqari, plastmassalar, kimyoviy mahsulotlar, metall buyumlar, oziq-ovqat, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, biotexnologiyalar klasterini tashkil etishda hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishdan mamlakatlar manfaatdor ekani ta’kidlandi. Xitoyning yetakchi banklari va “Ipak yo‘li” fondi, shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan samarali moliyaviy-texnik hamkorlikning bugungi darajasi yuksak baholandi.

    Ikki mamlakat hududlarining hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shu jumladan, Sirdaryo viloyatini “Ilg‘or texnologiyalar hududi”ga aylantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilab olindi. Faol muloqotlar va aviaqatnovlar qayta tiklanishini hisobga olib, joriy yilda O‘zbekistonda ikki mamlakat shahar va hududlarining birinchi forumini o‘tkazish masalasi o‘rganiladi. Keyingi yillarda ikki baravarga ko‘paygan o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun maqsadli ko‘rsatkichlar va tovarlar tarkibi belgilab olindi. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi. 

    Gumanitar soha muhokama qilinar ekan, ta’lim va turizmda hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat, san’at va kino kunlarini o‘tkazish, an’anaviy tibbiyot, ko‘z va boshqa turdagi kasalliklarni davolash, vaksina va farmasevtik mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi dasturlarni amalga oshirish zarurligi haqida yakdil fikr bildirildi. Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuv har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi. O‘zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.

    18.05.2023, 19:37   Izoh (0)   4092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodagi bog‘da yigit attraksiondan uchib ketdi (video)

    18.05.2023, 19:10

    Toshkentdagi maktabda o‘quvchini ilon chaqib oldi

    18.05.2023, 18:15

    “Moldova Ukrainadan keyin urushdan eng ko‘p jabr chekkan mamlakat bo‘ldi” — Moldova bosh vaziri o‘rinbosari

    18.05.2023, 18:12

    Sirdaryoda xotinini farzandi yonida pichoqlab o‘ldirgan erkak qamaldi

    18.05.2023, 17:33

    Toshkentda 23 yoshli yigit hamkasbini pichoqladi 

    18.05.2023, 13:05

    Эпоха России закончилась, началась эпоха Китая? 

    18.05.2023, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.