Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Atelier Jolie nomli modalar uyini ishga tushirdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa loyiha ustida bir necha yil ishlagan va u bu borada ekologik tozalik va individual yondashuvga tayanadi.
“Men ijodkorlar va turli xil tajribaga ega tikuvchilar, matoga naqsh soluvchichilar va dunyoning turli burchaklaridan kelgan hunarmandlar oilasi bilan hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan joy yaratyapman. Biz faqat qoldiqlar, sifatli vintaj materiallari va xomashyolardan foydalanamiz.
Garderobingizdagi o‘zingiz qayta tiklamoqchi bo‘lgan narsalarni tuzatishingiz yoki qayta tiklashingiz, shaklini o‘zgartirishingiz, tashlab yuborilgan narsalardan nimadir tikishingiz va shaxsiy ma’noga ega sifatli kiyimni yaratishingiz mumkin bo‘ladi”, — deydi aktrisa.
Jolining so‘zlariga ko‘ra, brendning jamoa a’zolari turli millat va ijtimoiy-iqtisodiy muhitga ega bo‘lgan ijodkorlar, jumladan, qochqinlar va boshqa “kam baholanmagan guruh” vakillaridan tashkil topgan.
Izoh (0)