Toshkentning Yangihayot tumanida beton ustunga urilgan Nexia-2 ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
![](/static/nigora/ustun 0.jpg)
Ma’lum qilinishicha, voqea 11-may kuni soat 07:30 larda Toshkent aylanma yo‘lining 4P21 yo‘lida yuz bergan. 2000-yilda tug'ilgan A.A. Nexia-2 avtomashinasini haydab ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.
Oqibatda avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
![](/static/nigora/ustun 1.jpg)
![](/static/nigora/ustun 2.jpg)
![](/static/nigora/ustun 3.jpg)
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)