Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati.
![](/static/2023/04/Fozilbek/photo_2023-04-08_11-36-27.jpg)
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi 8-aprel kuni soat 09:00 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Lacetti, Nexia-3, Nexia-2 va Captiva rusumli avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.
![](/static/2023/04/Fozilbek/photo_2023-04-08_11-35-56.jpg)
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
![](/static/2023/04/Fozilbek/photo_2023-04-08_11-35-55.jpg)
Avvalroq Toshkentda 5 ta, Qashqadaryoda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda bir kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.