Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning topshirig‘ini bajarish doirasida tez orada Toshkent va Grozniy o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Checheniston hukumati raisi Muslim Xuchiyev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, “Vaynaxavia” AJ va Uzbekistan Airways o‘rtasida tegishli kelishuvga erishilgan. 5-may kuni Uzbekistan Airways’ning Rossiyadagi mintaqaviy vakili Z.N.Abudullayev bilan uchrashuvda yangi xalqaro reysni yo‘lga qo‘yish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.
Samolyot Toshkentdan Grozniyga va ortga haftasiga ikki marta parvoz qilishi rejalashtirilgan.
“Albatta, bu Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yo‘lovchi tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi hamda mintaqa iqtisodiyoti rivojiga qo‘shimcha turtki beradi”, — degan Muslim Xuchiyev.
Izoh (0)