• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hashamatli samolyot, qimmat mehmonxonalar va rasman avliyolik. “Qashshoqlar emas, qashshoqlikning do‘sti” bo‘lgan Tereza onaning savollarga boy umri

    Kelib chiqishi alban, asl ismi Agnes Gondjye Boyadjiu bo‘lgan Tereza ona 1910-yilda Makedoniya poytaxti Skopyeda tavallud topgan bo‘lsa-da, Hindistonning Kalkutta shahrida ko‘p vaqt mobaynida faoliyat yuritib keldi. U yerda xayriya missiyasiga asos solib, umrining oxiriga qadar yashadi.

    O‘ttiz besh yillik xayriya ishlari davomida jami 28 ta xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi, Buyuk Britaniyaning ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibasiga aylandi. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida Tereza onaning savollarga boy umri haqida hikoya qiladi.

    Foto: Getty Images

    “Qalb chaqiruvi”

    Agnesning otasi (kelib chiqishi arman) badavlat odam bo‘lib, yirik qurilish kompaniyasiga ega edi. Bundan tashqari, dori-darmon sotish bilan ham shug‘ullanardi. Onasi albaniyalik Dranafile esa o‘zini ibodatga bag‘ishlagan ayollardan bo‘lgan. Dranafile bolalari bilan tez-tez muhtojlar oldiga borib turar, ba’zilarini kechki ovqatga taklif qilar edi. Yosh Agnes onasi unga aytgan nasihatini sira esdan chiqarmaydi: “Quyoshim, nimanidir birov bilan baham ko‘rmaguncha, undan bir luqma ham yema!”.

    Xonadonga juda ko‘plab noma’lum, afti-angori xarob ahvolda bo‘lgan notanish odamlar kelar, Agnes onasidan ular kimligini so‘raganida onasi: “Ba’zilari qarindoshlarimiz... Lekin aslida hammasi o‘zimiznikilar”, — deb javob berardi.

    Kunlarning birida 18 yoshli Agnes notanish ruhoniy Hindistondan kelgan missionerlarning mamlakatdagi qashshoqlik va kasallik xususida bitgan maktublarini o‘qib berayotganini eshitadi. Shundan so‘ng u Hindistonga borib, kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 1928-yilda Agnes nihoyat rohiba bo‘lishga qaror qiladi va Irlandiyaga “Loretoning irland hamshiralari” katolik cherkoviga jo‘nab ketadi. Keyinchalik o‘z xotiralarida u taraflarga “qalb chaqiruvi” chorlaganini aytgan. U yerda Agnes XIX asrda yashab o‘tgan avliyo Tereza Lizye sharafiga Mariya Tereza ismini oladi. 

    Foto: AP Photo

    Ko‘p vaqt o‘tmay orden (tashkilot) Tereza onani Hindistonning Kalkutta shahriga, monastir qoshidagi Muqaddas Mariya maktabida kambag‘al bengal oilalarining qizlarini o‘qitish uchun jo‘natadi. Bir necha yil o‘tgach, xuddi shu yerda ayol o‘zining buzib bo‘lmas va’dasini beradi va o‘zi ta’kidlaganidek abadiy “Isoning rafiqasi” bo‘lishga ont ichadi. Mahalliy rohibalarning odatiga binoan, oxirgi qasamyoddan so‘ng, u “ona” unvonini oladi. Yigirma yil o‘tgach esa orden Terezani maktabni tark etishiga ruxsat beradi, bu esa uni xarobazorlarda ko‘proq vaqt o‘tkazish, Kalkuttadagi nochor hamda bemor odamlarga yordam berish imkoniyatini taqdim etadi.

    “Bu — Tereza ona!”

    O‘n yil o‘tgach, ya’ni 1964 yilda Rim papasi Pavel VI farmon chiqaradi, unga ko‘ra Tereza ona xayriya missiyasi butun dunyoda amal qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng ayolning xayriya missiyasi Hindistondan tashqari yana yuzlab mamlakatlarni qamrab oladi. U yerlarda o‘zlarining kasalxonalari, boshpanalari, rahm-shafqat uylari hamda monastir va ibodatxonalar qoshida maktablarini yaratishadi. Ko‘plar davlat arboblari, siyosatchilar, tadbirkorlar, din peshvolari va xalqaro tashkilotlar orden rivojiga katta miqdorda xayriya qiladi.

    1969-yilda BBC jurnalisti Malkolm Maggerij ona Tereza haqida hujjatli film suratga olish uchun Kalkuttaga boradi. Material Britaniya kanalida efirga uzatilgandan so‘ng, rohiba va uning ordeni butun dunyoda shuhrat topadi. Maggerijning ta’kidlashicha, film suratga olish maydonchasida mo‘jiza sodir bo‘lgan: yorug‘lik yo‘qligi sababli suratga olish noqulay bo‘lgan rahm-shafqat uyida to‘satdan “ilohiy nur” paydo bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Keyinchalik operator Ken Makmillan ular Kodak’ning yangi, tungi kadrlarni tiniqlashtira oladigan maxsus plyonkasi bilan suratga olishayotganini, har bitta burchakni yorug‘ qilib tasvirga tushirayotgani uchun aslida Kodak’ka tasanno aytish kerakligini tushuntirmoqchi bo‘lganida, old qatorda o‘tirgan Malkolm unga o‘qrayib qaraydi va shunday deydi: “Bu ilohiy nur! Tereza ona!”

    Rohiba umri davomida juda ko‘plab sayohatlarni amalga oshirdi. Gazeta va telekanallar uning Nyu-Yorkka safari, u yerda ilk xayriya uyini ochgani, Livandagi yashirin missiyasi, u yerga nasroniy va musulmon bolalariga yordam berish uchun borgani, BMT Bosh assambleyasining 40 yilligidagi nutqi, AQSHda OITS kasaliga chalingan bemorlar uchun ochilgan klinikalari haqida to‘xtovsiz ommaga ma’lumot uzatardi. O‘ttiz besh yillik xayriya ishlarida Tereza ona 28 ta mukofotga sazovor bo‘ldi. Ular orasida diniy xizmatlari uchun medallar, Hindistonning oliy davlat mukofotlari, bir qancha mamlakatlarda faxriy fuqarolik, Buyuk Britaniyadagi ritsarlik unvoni va AQSHning eng oliy fuqarolik mukofoti ham bor. 

    1979-yilda Tereza onaning tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi esa haqiqatan aqlbovar qilmas hodisa bo‘ldi. Bo‘yi bir yarim metrlik, vazni 45 kilogramm bo‘lgan, kamdan kam intervyu beradigan va ko‘pincha bukchayib, qo‘llarini ibodat qilayotgan odamnikidek qovushtirib yuradigan bu ayolning xokisor qiyofasi millionlar ko‘ngliga yorug‘lik olib kirdi.

    Foto: Getty Images

    2016-yil 4-sentabr kuni esa Tereza ona Rim papasi Fransisk tomonidan avliyo deb e’lon qilindi. Uning avliyoligini rasmiylashtirishga bag‘ishlangan tantanali marosim Vatikanda, avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tdi.

    Tereza onaning onalarga xos bo‘lmagan “qiliqlari”

    Aksariyat odamlar Tereza ona kasallar hamda bechoralarga yordam bergan, ularni boshpana, davolash va oziq-ovqat bilan ta’minlash orqali azob-uqubatlarini yengillashtirgan deb o‘ylagan, bu xato va bu qarashning noto‘g‘ri ekaniga bir qancha dalillar bor. Rohiba o‘lim va azobga alohida nuqtayi nazar bilan qaragan: u og‘riqlardan forig‘ bo‘lishni emas, aksincha ular orqali shifo topish kerakligini, bu azob-uqubatlar Masihning oliyjanob azoblari oldida hech narsa emasligini ta’kidlagan va og‘riq qoldiruvchi har qanday antibiotik vositalarga qarshilik qilgan: “Kasalmandning xochdagi Iso kabi azob chekishida go‘zal ne’mat bor. Dunyo azob-uqubatlardan ko‘p xulosa chiqaradi. Kuchli og‘riq Iso sizni peshonangizdan o‘payotganini anglatadi”.

     

    Tereza onaning asosiy xayriya ishlari umri poyoniga yetayotgan kasallar uchun uylar bo‘lib, u yerda bemorlar o‘zlarining so‘nggi kunlarini o‘tkazardi. Xayriya missiyalarida faol qatnashgan sobiq ko‘ngilli, yozuvchi Meri Loudon u yerdagi holatni shunday tasvirlaydi: “O‘zimni natsistlar konslageriga tushib qolgandek his qildim: barcha bemorlarning sochlari yo‘q, taqir, kreslolar yo‘q, borlari ham chirib ketgan, faqat Birinchi jahon urushidagi kabi yig‘ma to‘shaklar bor edi. Bog‘, hovli yo‘q, umuman hech narsa yo‘q edi. Va shunda men o‘yladim: ‘Bu nima? Ikkita isqirt xona. Birida 50 dan 60 nafargacha erkaklar, ikkinchisida ham xuddi shunday miqdordagi ayollar bor. Hamma o‘lyapti. Ularga deyarli tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Sho‘ring qurg‘urlar, aspirindan boshqa og‘riq qoldiruvchi dori qabul qilmagan’”.

    Foto: Getty Images

    Britaniyalik yozuvchi va hind shifokori Arup Chatterjining yozishicha, vafot etayotganlar uchun uylarda malakali shifokorlar yetarli bo‘lmagan (balki umuman bo‘lmagandir) hamda kasallarga g‘amxo‘rlik ko‘pincha birorta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchilarga tushgan. Bu uylarda yashagan 300 dan ortiq kalkuttalik qashshoqlar kun davomida non urvog‘i ham olmagan, oziq-ovqat kartalari ko‘pincha faqat nasroniylarda bo‘lgan, boshqa din vakillari esa ro‘yxatning eng oxirida turgan.

    Bemorlar bir xonada bir-birining oldida hojat chiqargan. Ularning ko‘pchiligiga qarindoshlari bilan uchrashish taqiqlangan, ba’zi bolalar esa karavotga bog‘lab tashlangan.

    Sobiq ko‘ngillilarning biri doktor Chatterjiga aytishicha, xodimlar kasallarga 10 yoki 20 yil oldin ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni bergan va najas teggan ko‘rpalarini idish chayiladigan rakovinada yuvishgan.

    Sifatsiz oziq-ovqat, gigiyena qoidalariga mutlaqo rioya qilmaslik va barcha bemorlar uchun umumiy ignalardan foydalanish yangi kasalliklar hamda xavfli infeksiyalarni qo‘zg‘atgan. Laudon shunday deydi: “Tomizgichlar yetarli emas edi, ignalar qayta-qayta ishlatilgan. Men ba’zi rohibalar ularni sovuq suv bir chayqab olishayotganini ko‘rdim. Ularning biridan nima qilyapsan, deb so‘raganimda, nima qilardim, yuvyapman, dedi. Ha, lekin uni kamida sterillash yoki boshqa toza ignadan foydalanish kerakligini bilmaysanmi?, deb so‘radim. ‘Bilaman, lekin bu kerak emas. Bizda bunga vaqt yo‘q,’ — javob berdi u.”

    Foto: AP Photo

    “Qashshoqlarning emas, qashshoqlikning do‘sti edi…”

    Tereza onaning faoliyati bir necha bor tanqidlarga uchragan — u bemorlar uchun boshpanalar malakali tibbiy yordamlarni ko‘rsatmayotgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash fondiga kelib tushayotgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga sarflanayotgani bo‘yicha ayblangan. Ingliz jurnalisti Kristofer Xitchens “Tereza ona qashshoqlarning emas, qashshoqlikning do‘sti edi”, degandi. 

    Qashshoqlar uchun qilinadigan eng yaxshi savob ularni ko‘chadan olib chiqish deb hisoblashgan. Ordenning rohibalari ularning hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga harakat qilmagan, ularga yangi imkoniyatlar izlashga umid bermagan, hech kim qashshoqlik va kasalliklarga qarshi kurashish yo‘lini axtarmagan. Jirkanch kasalxonalar va quruq savlatdan iborat uylar bechora odamlar uchun birinchi va oxirgi boshpana bo‘lib, u yerda ular yo shifo topib, oyoqqa turib ketishgan, yoki og‘ir kasallikning azobiga chidolmay o‘lib ketgan. Tereza onaga ikkala holat ham birdek ma’quldek edi.

    Meri Loudon shunday xotirlaydi: “Birinchi kuni ayollar bo‘limidagi ishni tugatgandan so‘ng, men uch-to‘rt kunlik umri qolgan 15 yoshli bolaga qarayotgan yigitimni kutdim. U yerda ishlayotgan bir amerikalik shifokor menga bu bolani davolashga chin dildan harakat qilayotganini aytdi. O‘tkir buyrak kasalligi bolani holdan toydirgan, antibiotiklarni qabul qilmagani uchun ahvol yanada yomonlashgan va hozir birdan bir chora operatsiya edi. U (shifokor) hech nima qilolmadi. Aynan shunday holat aksariyat bemorlar bilan sodir bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Shifokor aytdi: “Uni baribir kasalxonaga olib borishmaydi”. Men nega, deb so‘radim: “Buning uchun taksi chaqirib, uni eng yaqin shifoxonaga olib borish kifoya”. U javob berdi: ‘Ular bunday qilmaydi. Agar buni bittasi uchun qilsalar, qolganlarini ham kasalxonaga yotqizishlariga to‘g‘ri keladi’. Ammo bolakay endigina o‘n besh yoshda edi…”

    Nobel mukofotidagi nutqida Tereza ona shunday deydi: “Bugungi kunda dunyo uchun asosiy xavf, og‘riq — tug‘ilmagan begunoh bolaning achchiq yig‘isidir. Agar ona o‘z farzandini, jigarbandini o‘ldirishga qodir ekan, unda bizga nima qoladi? Bir-birimizni o‘ldirishmi?!”

    1992-yilda ochiq yig‘ilishda Tereza ona tinglovchilarga qarata xitob qiladi: “Kelinglar, Bibi Maryam yaxshi ko‘radigan Irlandiyada boshqa abortga yo‘l qo‘ymasligimizga o‘zimizga o‘zimiz va’da beraylik”. Bundan tashqari, rohiba OITSni “noto‘g‘ri jinsiy xulq-atvorga javoban adolatli hukm” deb atagan va bu kasallikni tavqi la’nat deb hisoblagan.

    Hindiston va boshqa Osiyo mamlakatlari aholisining Tereza onaga nisbatan hurmati oshishda davom etardi. “Uning G‘arb madaniyatidagi beqiyos o‘rni uni Sharqda e’zozlanishiga zamin yaratdi, hindlar nazdida u yanada muqaddaslashdi.

    Tereza ona dunyoning o‘nlab davlatlari ruhoniylari, rahbarlari bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan edi. U AQSH prezidenti Ronald Reygan va uning rafiqasi Nensini ko‘rgani kelgan, malika Diana bilan do‘st bo‘lgan, Rim papasi bilan bitta mashinada sayohat qilgan, SSSRga ikki marta tashrif buyurgan hamda Enver Xoja (inqilobchi, 1944-yilda Albaniya rahbari bo‘lgan) va Jan-Klod Duvalier (1971-1986 yillardagi Gaiti prezidenti, zo‘ravonlik va qo‘rqitish orqali hokimiyatni tutib turgan) kabi diktatorlar bilan yaqin bo‘lgan. Rohibaning Gaitidagi tashrifidan so‘ng, u “Sharaf legioni” ordeni bilan taqdirlandi. “Men hech qachon kambag‘allar va ularning davlat rahbari o‘rtasida bunday yaqinlikni ko‘rmaganman”, — deydi u.

    Foto: Getty Images

    Tereza ona joni uzilayotganlarga og‘riq qoldiruvchi vositalarni yuborishni rad etdi va ularni “Masih nomidan” azoblanishga chaqirdi, lekin ayni paytda o‘zi yuqori darajadagi tibbiy yordamdan foydalangan. 1989-yilda rohibaga sun’iy yurak stimulyatori o‘rnatildi. Ikki yildan so‘ng esa u Kaliforniyadagi eng qimmat klinikada yurak xastaligi va pnevmoniyadan davolandi.

    U oddiy, rangi uniqqan sari kiyib, eski tasbehni qo‘lidan qo‘ymagan, biroq shaxsiy samolyotlarda uchib, qimmat mehmonxonalarda tunab qolgan. Hindistondagi suv toshqinlari va portlashlar paytida u ibodatlar qilgan, ammo to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy yordam ko‘rsatmagan. U “avvaldanoq men kambag‘allarga faqat Xudoni sevganim uchun xizmat qilishni va ularga boylar pul bilan erishadigan narsalarni shundoqligicha berishni xohlardim”, — degan xolos.

    07.05.2023, 10:10   Izoh (0)   15754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isyonkor yigitdan millat otasigacha. Hindiston mustaqilligi kurashchisi Maxatma Gandining “tuz yurishi” va unga uyushtirilgan suiqasd

    27.04.2023, 15:12

    Burni “urib tushirilgan” Sfinks, uylanish uchun o‘zgartirilgan yosh va aslida pakana bo‘lmagan imperator — Napoleon Bonapart afsonalarida haqiqat ko‘lami

    30.04.2023, 15:40

    Roman ham, qissa ham bo‘lmagan “Urush va tinchlik”, qimiz orqali topilgan shifo. Poyabzallarni xushlamagan graf Tolstoy shaxsiyati

    03.05.2023, 10:50

    Fotogalereya: Buyuk Britaniyada Charlz III ning toj kiyish marosimi bo‘lib o‘tdi

    06.05.2023, 21:09

    Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyaning barcha 170 nafar senatoriga sirtdan ayblov e’lon qildi

    06.05.2023, 20:35

    Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya yangi qurollarni sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berdi

    06.05.2023, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston gaz va oltin eksportini keskin oshirdi

    O‘zbekiston | 23 may, 17:12

    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

    Reklama | 23 may, 16:30

    Toshkentda yigit ko‘chada, odamlar oldida tanishini pichoqladi

    O‘zbekiston | 23 may, 17:00

    “Har bir bola o‘zini himoya ostida, e’tibor va mehr-muhabbat qamrovida his etsin” — Shahnoza Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 23 may, 16:46

    Kartoshkani po‘stlog‘i bilan yeyish mumkinmi?

    Layfstayl | 23 may, 16:40

    Modrich “Barselona” sobiq futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 23 may, 16:32

    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda

    Reklama | 23 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.