• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Roman ham, qissa ham bo‘lmagan “Urush va tinchlik”, qimiz orqali topilgan shifo. Poyabzallarni xushlamagan graf Tolstoy shaxsiyati

    Lev Tolstoy — dunyodagi eng mashhur yozuvchi va faylasuflardan biri hisoblanadi. Uning qarashlari va e’tiqodi o‘ziga xos “Tolstoyizm” nomli diniy-falsafiy oqim asosini tashkil etgan. Yozuvchining adabiy merosi 90 tomda jamlangan badiiy va publitsistik asarlar, kundalik qaydlar va maktublardan iborat. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida bir necha bor Nobel mukofotini rad etgan grafning noodatiy hayot tarzi haqida hikoya qiladi.

    Lev Tolstoy
    Foto: Wikimedia Commons

    Lev Nikolayevich Tolstoy 1828-yil 9-sentabr kuni Tula guberniyasiga qarashli Yasnaya Polyana qishlog‘ida tavallud topdi. Bo‘lajak daho eski dvoryanlar oilasida to‘rtinchi farzand edi. Ko‘p o‘tmay muhtasham xonadonda og’ir yo‘qotishlar yuz bera boshladi. Ikkiga kirar-kirmas onasidan, to‘qqiz yoshida esa otasidan ayrilgan bolakay og‘a-inilari bilan xolasi Aleksandra Osten-Saken qaramog‘ida qoldi. 1841-yilda Aleksandra vafot etdi. Tolstoylar esa Qozondagi boshqa xolasi – Pelageya Yushkovaning oldiga ko‘chib o‘tdi. Uch yildan so‘ng Lev Tolstoy Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. Biroq u o‘qishni jinidan battar yomon ko‘rar edi: imtihonlarni rasmiyatchilik, ko‘zbo‘yamachilik, universitet professorlarini esa chuqur bilimga ega emas deb hisoblardi. Tolstoy hatto ilmiy daraja olishga ham qiziqmadi.

    1847-yilning aprelida Lev Tolstoyning talabalik hayoti yakunlandi. Yasnaya Polyanadagi yerni o‘ziga meros qilib olgach, diplomni ham olmasdan o‘zining sevimli qishlog‘iga jo‘nab ketdi. 1851-yil aprelda Lev Nikolayevichning akasi — armiya zobiti Nikolay Nikolayevich qishloqqa qaytib, hayotidan bir qadar zerikkan ukasini Kavkazga borishga ko‘ndirdi. Shunday qilib Tolstoy Terek daryosi bo‘yidagi stansiyada uch yil xizmat qildi. U ba’zida ov qildi, ba’zida esa karta o‘ynadi. Vaqti-vaqti bilan dushman hududiga bostirib kirish harakatlarida ham qatnashdi. Yosh grafga bunday yolg‘izlik hamda bir xil kechadigan hayot tarzi ma’qul tushdi. Aynan Kavkazda “Bolalik” asari dunyoga keldi. Yozuvchimiz bu asar ustida ishlayotganda umrining oxirigacha o‘zi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan bitmas-tuganmas ilhom manbaini topdi: o‘zining rang-barang xotiralari va kechinmalaridan mohirona foydalanish uslubi.

    “Yo yozaman, yo yoqib yuboraman…”

    Tolstoyning yoshligi
    Foto: Wikimedia Commons

    1852-yilning iyulida asari qo‘lyozmasini “Sovremennik” jurnaliga yuborib, unga kichkina bir xat ham ilova qildi: “...Qaroringizni sabrsizlik bilan kutaman. U sevimli mashg‘ulotimni davom ettirishga yoki aksincha, boshlagan hamma narsamni yoqib yuborishga undagay”. Yosh adibning ijodi muharrir Nikolay Nekrasovga ma’qul keldi va ko‘p o‘tmay jurnalda “Bolalik”ka alohida sahifa ajratildi. Ilk muvaffaqiyatdan ruhlangan muallif “Bolalik”ni davom ettirishga ahd qildi. Shunday qilib oradan ikki yil o‘tgach “O‘smirlik” asari yaratildi.

    O‘sha yilning oxirida Lev Tolstoy jangovar harakatlar markazi bo‘lgan Sevastopolga keldi. Eng og‘ir sharoitda u “Dekabr oyida Sevastopol” hikoyasini bitirdi. Bir yildan keyin Sevastopol xarobazorlaridan muhtasham Peterburgga yo‘l oldi. “Sevastopol hikoyalari” turkumidagi hikoyalarning qolgan qismi ayni shu yerda yozildi. 

    1857-yilda esa chet el safariga jo‘nadi. Fransiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya kabi davlatlarga tashrif buyurdi: mashhur rassomlar bilan uchrashdi, Yevropa ko‘chalarida odamlar qanday hayot kechirishini kuzatdi. Afsuski, sayohat nihoyatda o‘jar yozuvchimizni ilhomlantira olmadi. U o‘zining hafsalasi pir bo‘lganini “Lyutsern” hikoyasida aks ettirdi.

    “Men uni uchratdim!”

    1857-yil yozda Tolstoy Yasnaya Polyanaga qaytib keldi. Bu yerda hali to‘liq bitmagan “Kazaklar” qissasi ustida ter to‘kdi, boshqa ko‘plab asarlarining g‘oyasini pishitdi, biroq uning ijodida baribir kemtiklik bor edi. U o‘zining kundaliklarida o‘sha paytlardagi norozi kayfiyatini ro‘y-rost ochiqladi: “Beqarorlik, bekorchilik, tushkunlik, o‘lim to‘g‘risidagi o‘ylovlar. Men bundan qutulmasam bo‘lmaydi. Faqat bitta chora bor. Ishlash uchun o‘zimda mustahkam iroda topishim kerak!”

    Lev Tolstoy va Sofya Andreyevna
    Foto: Wikimedia Commons

    Vanihoyat besh yildan keyin Tolstoy tang vaziyatdan chiqish eshigini topdi: “Men qishloqdan yozyapman, yozyapman va yuqori qavatdagi akasi bilan gaplashayotgan, men dunyodagi hamma narsadan ko‘proq sevadigan qizning ovozini eshityapman. Men 34 yoshga kirib, bu qadar sevish va baxtli bo‘lish mumkinligini bilmagan edim!”

    Bu qo‘ng‘iroq ovoz egasi moskvalik shifokor qizi — 18 yoshli Sofiya Bers edi. Yozuvchi u bilan 48 yil yashadi. Turmushlari davomida 13 farzand ko‘rishdi. Sofiya Lev Tolstoyning kotibasi, nusxa ko‘chiruvchisi va ba’zida norasmiy muharriri ham bo‘lib ishladi.

    “Mazkur asar roman ham, qissa ham emas…”

    Ushbu ruhiy muvozanat davrida Lev Tolstoy “Urush va tinchlik” roman-epopeyasini yozishga kirishdi.

    Hajman ulkan, mazmunan serqirra ushbu asarga munosib nom topish ustida adib uzoq vaqt o‘yladi. Ijod jarayonida “Uch kemtik”, “1805-yil”, “Yakuni xayrli ishlarning barchasi yaxshi” degan nomlardan foydalangani turli manbalarda qayd etilgan. Oxiri yozuvchi “Urush va tinchlik” degan yakuniy to‘xtamga keldi.

    Asarning bunday nomlanishida Lev Tolstoy fransiyalik siyosatchi, iqtisodchi, publitsist va sotsiolog Pyer-Jozef Prudonning 1861-yilda yozilgan va rus tilidagi tarjimasi Rossiyada bir necha yildan keyin nashr etilgan “Urush va tinchlik” (La Guerre et la Paix) falsafiy yo‘nalishdagi traktatidan ta’sirlangan bo‘lishi mumkin. Tolstoy 1860—1861-yillarda Yevropa bo‘ylab amalga oshirgan sayohatida Prudon bilan shaxsan tanishadi. Taxmin qilish mumkin, ulug‘ rus adibi fransuz do‘stining ijodiga befarq bo‘lmagan. Bundan tashqari, o‘sha paytlar rus jamiyatida fransuz tilining mavqei ustuvor bo‘lgani hamda Tolstoyning aksariyat asarlarida fransuz tilidagi jumlalar, iqtibos va kesatiqlar ko‘p bor ishlatilgani ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.

    Foto: Wikipedia

    XIX asrda jahon adabiyoti uchun mutlaqo yangi hodisa hisoblangan, maftunkor uslubdagi asarning janri borasidagi fikrlarini Tolstoy 1865-yil 3-yanvarda  “Russkiy vestnik” jurnali noshiri M.N. Katkovga yo‘llagan maktubida keltirib o‘tadi: “Mazkur asar roman ham, qissa ham emas, unda yechilishi bilanoq intihosi ko‘rinib qoladigan va qiziqishni so‘ndiradigan bironta sirli tugun ham yo‘q. Bularni sizga yozayotganimning boisi, mundarijada ham, bo‘lajak e’lonlarda ham mening asarimni roman, deb atamang. Bu men uchun juda muhim bo‘lgani uchun sizdan shuni chuqur iltimos qilyapman”.

    “Urush va tinchlik” asarida Fransiya imperatori Napoleon Bonapartning 1805—1807 hamda 1812—1814-yillardagi harbiy yurishlari, shu jumladan, Fransiya—Rossiya urushi voqealari tarixi mukammal yoritilgan. Adib o‘z asarida 500 dan ortiq badiiy qahramonlardan foydalangan. Ularning ba’zilari tarixiy shaxslar, ba’zilari prototip, ba’zilari esa to‘qima obrazlardir.

    “Mening Annam!”

    Foto: “RIA Novosti”

    1870-yillarning boshida Tolstoyning ismi buyuk rus yozuvchilari qatoriga qo‘shildi. O‘sha paytlar Tolstoy betob bo‘lib, Samaraga jo‘nab ketdi: shifokor tavsiyasiga ko‘ra u yerda qimiz bilan davolandi. Adib dashtning sokin tabiati hamda boshqirdlarning xotirjam hayotidan shunchalik ilhomlandiki, uch yil o‘tgach, yozda butun oilasi bilan bu yerga ko‘chib keldi. Shu yillar “Anna Karenina” romani bitildi.

    Tolstoy bu asarini bir vaqtning o‘zida ham sevar, ham yomon ko‘rardi: “Mening Annam achchiq turp kabi me’damga tegdi... Lekin u haqda yomon gapirishlariga ham jim qarab turolmayman”.

    To‘rt yildan keyin Tolstoy “Anna Karenina”ni yozib tugatdi.

    Tolstoy bir necha bor Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Uning o‘zi mukofotni olishni istamaydi va hatto fin yozuvchisi Arvid Yarnefeltga mukofot berilishiga to‘sqinlik qilishga urinib ko‘rishini iltimos qiladi, chunki: “agar bu sodir bo‘lsa... rad etish juda yoqimsiz holat bo‘lar edi”.

    “Tongda uydan chiqib ketishga qaror qildim!”

    Nega Tolstoy umrining oxirida o‘z uyini yashirincha: hech kimga, na rafiqasi va na farzandlariga xabar bermasdan tark etdi?

    Bu haqida ko‘p yozilgan. Shunchaki Tolstoy o‘z hayotini yillar mobaynida ishonib kelgan e’tiqodiga moslashtirishga harakat qildi. Turmush tashvishlaridan bezdi, oddiy hayot kechirishni xohladi. Ammo nima sababdan bu buyuk ketish 1910-yil 28-oktabr, izg‘irin tushgan pallalarda sodir bo‘ldi? Yana ham qiziq tomoni shundaki, Tolstoy qayerga yo‘l olganini, bundan keyingi reja nimadan iborat ekanligini ham bilmagan — tonggi beshda shoshib chiqib ketgan va... qaytmagan.

    Yozuvchining qizi Aleksandra o‘zining xotira kitobida otasining quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Men yotdim, ko‘zimga uyqu kelmadi, yuragim qattiq urdi. Pulsni o‘lchadim — 97 chiqdi... Butun tun davomida uxlay olmadim va tongda ketishga qaror qildim… Qayerga borishim aniq bo‘lganida, o‘zim senga xabar beraman!” 

    Tolstoy Yasnaya Polyanani tark etgach, yo‘lda isitmasi ko‘tariladi va Astapovo stansiyasida tushib qolishga majbur bo‘ladi. Stansiya qorovuli uyidagi bir necha bedor tunlardan so‘ng, 20-noyabr kuni buyuk yozuvchi bu dunyoni tark etadi.

    Lev Tolstoy oilasi davrasida
    Foto: “TASS”

    Yalangoyoq yurishni afzal ko‘rgan adib

    Daho odamlarning aql bovar qilmas yutuqlari, ulkan mehnatlari ortida ba’zan hammamizga xos bo‘lgan be’mani va kulguli odatlar ham bo‘ladi.

    Umri davomida ma’naviy izlanishlar ortidan yurgan Tolstoyga kundalik hayot zerikarli va keraksiz tuyulishi tabiiy hol edi. Shuning uchun havo sovib ketgunga qadar graf ko‘cha-ko‘yda yalangoyoq yurganini tushunish unchalik qiyin kechmaydi. 

    Adib o‘zini sodda ko‘rsatishga shunchalik qattiq tirishardiki, hatto bir kuni jonajon qishlog‘idagi uyni ham sotmoqchi bo‘ladi, biroq bu fikrga rafiqasi qarshilik ko‘rsatadi.

    Boshqa tomondan, poyabzallarni rad etishning o‘tkir ishorasi bilan u hali ham oddiy odamlar safidan chiqmaganini bildirib qo‘ymoqchi edi. Tolstoy buni boshqa yo‘llar bilan ham ko‘rsatgan: dunyo tan olgan yozuvchi dalada to‘pori dehqonlar bilan baravar mehnat qilgan: soatlab o‘t o‘rgan, yer chopgan.

    Tolstoyning ovqatlanish uslubi ham o‘zgacha edi. 1883-yilda u vegetarian bo‘lishga ahd qiladi. Go‘sht va shirinliklardan voz kechadi. Adib o‘ziga qo‘ygan cheklovlarni o‘z falsafasi bilan bog‘laydi. Uning fikricha, go‘sht iste’mol qilish axloqsizlikning bir belgisi, u nafaqat tanaga, balki ruhga ham ziyon. Tolstoyning so‘zlariga ko‘ra, hayvon go‘shti odamda ahmoqona ehtirosni qo‘zg‘atadi, ehtiros esa o‘z navbatida ochko‘zlik hamda qoniqmaslik hirsini chaqiradi.

    03.05.2023, 10:50   Izoh (0)   19414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Umri evaziga ilmiy jasorat”. Ikki marta Nobel olgan, turli xiyonatlarda “ayblangan” va dunyoni o‘zgartirgan polyak olimasi — Mariya Kyuri taqdiri  

    07.04.2023, 10:55

    Isyonkor yigitdan millat otasigacha. Hindiston mustaqilligi kurashchisi Maxatma Gandining “tuz yurishi” va unga uyushtirilgan suiqasd

    27.04.2023, 15:12

    Burni “urib tushirilgan” Sfinks, uylanish uchun o‘zgartirilgan yosh va aslida pakana bo‘lmagan imperator — Napoleon Bonapart afsonalarida haqiqat ko‘lami

    30.04.2023, 15:40

    London politsiyasi Bukingem saroyi hududiga patron uloqtirgan erkakni hibsga oldi

    03.05.2023, 10:40

    Rossiya Eronga hukumatdagi britaniyalik josusni fosh qilishda yordam berdi, u qatl etildi — NYT

    02.05.2023, 23:30

    Toshkentda sodir bo‘lishi kutilayotgan ultrabinafsha nurlanish, uyining tomida jon saqlagan sudanliklar, Met Gala’ning g‘ayrioddiy kiyingan yulduzlari  — 2-may sur...

    02.05.2023, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15

    Kelgusi hafta avvalida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:05

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “OKMK”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 21 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.