Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya Federatsiyasi Kengashining 170 nafar senatorini “mamlakat hududiy yaxlitligini buzish”ga aloqador deb hisoblab, ularga ayblov e’lon qildi. Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, barcha rossiyalik senatorlarga sirtdan ayblov qo‘yilgan.
“UXX mamlakatning bosib olingan viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olishni qo‘llab-quvvatlagan barcha rossiyalik senatorlarga nisbatan ayblov e’lon qildi”, — deyiladi UXX xabarida.
UXX Rossiya Federatsiyasi Kengashida DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha ovoz berishni “Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tajovuz” sifatida baholadi.
Ukraina qonunlariga ko‘ra, rossiyalik senatorlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)