Shu kunlarda FIFA prezidenti Janni Infantino Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qilayotgani haqida avval xabar berilgandi.
Kecha, 5-may kuni FIFA rahbari Qirg‘izistonda bo‘lib, u yerda mamlakat prezidenti Sadir Japarov bilan futbol o‘ynadi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.
FIFA jamoasi tarkibida tashkilot xodimlari, shuningdek, Fransiya terma jamoasi tarkibida 1998-yilgi jahon chempioni va 2000-yilgi Yevropa chempioni Yuriy Dyorkayeff o‘ynadi. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi a’zolari va ma’muriyat vakillari prezident jamoasida o‘ynashdi.
Uchrashuvda Sadir Japarov jamoasi g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida Janni Infantino Sadir Japarovga maxsus futbol formasini taqdim etdi.
Izoh (0)