Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Bishkekdagi maktabga tashrifida o‘quvchilar bilan rus tilini madh etuvchi plakat oldida tushgan surati muhokamaga sabab bo‘ldi. Prezident administratsiyasi bunga munosabat bildirdi.
Plakatda “Bizga o‘zlashtirish uchun eng boy, aniq va chinakam sehrli rus tili berilgan”, degan yozuv aks etgan. Gap Sadir Japarovning 77-maktabga tashrifi chog‘ida tushgan surati haqida ketmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari bunga tanqidiy baho bergan.
Holat yuzasidan prezident administratsiyasi matbuot xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov munosabat bildirgan.
“Ma’lumki, maktablarda rus tili, matematika va kimyo fanlaridan alohida sinflar mavjud. Mavzularga mos ravishda sinfning ichki qismi ham shunga monand bezatiladi. Prezident rejadan tashqari maktabga borganida rus tili darsida suratga tushgan. Tasvir ma’nosini buzib, siyosat bilan shug‘ullanish, hazil qilish noo‘rin, deb hisoblaymiz”, — degan Orunbekov.
Izoh (0)