Navoiy viloyati Karmana tumanida mansabdor shaxs 10 million so‘m pora bilan ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor “Xoncharbog‘” mahallasida sport kompleksi qurilishini boshlagan. Bu jarayonda hududdagi mevali va manzarali daraxtlar kesib tashlangan.
Tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i X.T. hodisadan xabar topgach, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga tadbirkordan pul talab qilgan.
Tadbirkor F.N.ning arizasiga binoan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tadbirkordan pora olayotgan mansabdorni protsessual tartibda qo‘lga olgan. Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)