Toshkentning Chilonzor tumanida maktab o‘quvchisini Lacetti urib yubordi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar qildi.
Voqea 27-aprel kuni 08:00 larda Soybo‘yi ko'chasidagi 168-maktab qarshisida yuz bergan. 27 yoshli haydovchi A.E. Lacetti’ni boshqarib ketayotib, shu maktabda o‘qiydigan, 2005-yilda tug'ilgan Sh.J.ni urib yuborgan.
Oqibatda u tan jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)