Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “Buxoro” va “Neftchi” jamoalari 21-aprel, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida “Neftchi” futbolchisi Ulug‘bek Hoshimov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Aleksandr Staneslavlevich muvozanatni tikladi. 82-daqiqada esa Izzatilla Abdullayev farg‘onaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+2-daqiqada Staneslavlevich dublni rasmiylashtirdi. O‘yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
7-turdagi o‘yinidan so‘ng “Neftchi” 15 ochko bilan musobaqa peshqadamligini saqlab qoldi. “Buxoro” esa 4 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan.
Superliga
7-tur bahsi
15-aprel, juma
“Buxoro” – “Neftchi” 2:2
Gollar: 0:1 — 32 Ulug‘bek Hoshimov, 1:1 — 51 Aleksandr Staneslavlevich, 1:2 — 82 Izzatilla Abdullayev, 2:2 — 90+2 Aleksandr Stanesavlevich (penalti).
“Buxoro”: 13. Nikolo Stosnich, 10. Humoyunmirzo Iminov, 15. Obid Jo‘raboyev, 16. Jasur Hasanov (14. Rustamjon Abduhamidov 27), 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov (9. Aleksandr Kasyan 62), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandr Stanislavlevich , 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixayev, 99. Javohir Ro‘ziyev.
“Neftchi”: 45. Akbar To‘rayev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Andrey Mishenko, 7. Umar Adhamzoda, 8. Nurillo To‘xtasinov, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Toma Tabatadze, 24. G‘ulomhaydar G‘ulomov, 26. Oleksey Larin, 28. Fozil Musayev.
Izoh (0)