Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Ukrainani muzokaralarga olib kelishi mumkin bo‘lgan rejani Xitoyga taqdim etadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Makron o‘zining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Emmanuel Bonnga yuqori martabali xitoylik diplomat Van I bilan kelajakdagi muzokaralar uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuzilma yaratish ustida ishlashni topshirgan.
Fransiya strategiyasiga ko‘ra, agar hammasi yaxshi kechsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar 2023-yilning yozida bo‘lib o‘tadi.
Bloomberg’ga ko‘ra, har qanday kelajakdagi muzokaralar bir qancha shartlarga bog‘liq bo‘ladi, jumladan, Ukrainaning muvaffaqiyatli qarshi hujumi Kiyevni har qanday muzokaralar davomida kuchli pozitsiya egallashiga hissa qo‘shadi
Makronning Xitoyga tashrifi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aprel oyi boshida Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy mavzusi Rossiya-Ukraina urushini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi.
Makron Xitoy yetakchisi Si Szinpinni Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilishga ko‘ndirdi. 15-aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron deyarli bir yarim soatlik telefon orqali muloqot qildi.
Izoh (0)