Andijon viloyati Xonobod tumanida hokimiyat xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati mazkur xabarlarga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15-aprel kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida sodir bo‘lgan ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida IIB profilaktika inspektori hayotiga tajovuz qilgan fuqaro qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirildi.
Izoh (0)