Amerikaning Curiosity roveri Mars yuzasida begona jismni aniqladi. Unga “Kakao” nomi berildi.
Ma’lum qilinishicha, Curiosity aniqlagan jismning uzunligi 30 santimetrni tashkil qiladi. Uning tarkibi asosan temir va nikeldan iborat.
Mutaxassislar keyinchalik bu 90 foiz temir va 9 foiz nikeldan iborat tosh ekanini aniqladi. Ushbu tarkibga ega obyektlar temir meteoritlar deb ataladi. Curiosity jamoasi Marsdagi yangi obyektga “Kakao” deb nom bergan.
Ilgari Marsda arqon topilgan edi. Predmet begona o‘simlikning ildizi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilingan. Ammo keyinroq bu Perseverancye roveri 2021-yilda Marsga qo‘ngan parashyutning bir qismi ekani ma’lum bo‘lgan.
Curiosity marsoxodi tomonidan Marsni tadqiq qilish bilan o‘tgan o‘n yil mobaynida to‘plangan arxiv ma’lumotlar tahlil qilinishi natijasida Qizil sayyorada ommaviy opal konlari borligi ma’lum bo‘lgandi. Bo‘lg‘usi “mustamlakachilar” uchun opal zargarlik bezaklari sifatida emas, balki suv manbai sifatida qiziqdir. Bu Marsdagi bo‘lg‘usi baza taqdiri uchun muhim kashfiyot hisoblanadi.
Shuningdek, Curiosity marsoxodi Qizil sayyorada uglerodning noodatiy turini ham aniqlagandi.
Izoh (0)