Andijon viloyatining ikki tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari qariyb 270 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ulug‘nor va Xonobod tuman bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar Ya.T. va D.S. o‘zlariga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchalari elektr jihozlarini hech qanday hujjatsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan.
Ular jami 268,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘lgan.
Izoh (0)