Bugun, 8-aprel kuni Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi universitetida “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Qurolli kuchlari vakillari, universtitetda tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, xizmat vazifasini olib borayotgan xodimlarning hamda xizmat vazifasida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari ishtirok etdi. Bundan tashqari, san’at vakillari ham tadbirda chiqish qilishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan fikrlarini bildirishdi.
“Daryo” mazkur tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)