Ziroat Mirziyoyeva Namangan viloyatining 46-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi bolalar bilan samimiy suhbatlashdi va ular bilan birga muvaffaqiyatlar shodligini baham ko‘rdi.
“Zamin” fondining ko‘magi bilan maktabning barcha o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, ularga eshitishni protezlash amaliyoti bajarildi. Shuningdek, maktab zamonaviy assistiv uskunalar bilan ta’minlandi, informatika sinfi jihozlandi, robototexnika to‘plamlari yetkazildi. Informatika o‘qituvchilari maxsus metodologiya asosida o‘qitildi.
“Zamin Education” loyihasi doirasida “Zamin” fondi va Digital Generation Uzbekistan NNM “Raqamli avlod qizlari — 2023” respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazdi. Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi. Ular besh kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar va tanlov dasturlarida qatnashdilar. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.
IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdi.
Izoh (0)