Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida O‘zbekistonga import qilinadigan 36 turdagi tovarlar boji nollashtirildi. Buning natijasida respublikada yuzlab import mahsulotlari narxi arzonlashmoqda.
“Daryo” muxbiri Havas diskaunterlar tarmog‘i tijoriy direktori Po‘lat Mavlonov bilan suhbatlashdi. Aytilishicha, farmonda belgilangan mahsulotlar Havas'da ham arzonlashgan.
“Prezidentimizning farmonlariga ko‘ra 36 guruhga kiruvchi mahsulotlarga bojxonlar to‘lovlari nollashtirildi. Bu O‘zbekistonga mingdan ortiq mahsulotlar tushirilgan narxda kirib kelishini anglatadi.
Bizning do‘konlar tarmog‘ida 1200 dan ortiq mahsulot sotiladi. Bu farmon do‘konlarimizda 200 dan ortiq mahsulotlarning narxi tushishiga imkon yaratdi.
Peshtaxtalarda narxlari tushirilgan mahsulotlarni xaridorlar tezroq ilg‘ab olishlari uchun olovrang narx bilan yozib qo‘ydik.Tabiiyki ushbu turdagi mahsulotlarning savdosi sekin-asta ortib bormoqda. Albatta, buni xaridorlar yaxshi qabul qilishmoqda”.
Avvalroq Makro supermarketlar tarmog‘ining operatsion direktori o‘rinbosari Talab Xolbekov bojlari nollashtirilgan tovarlar narxi qay darajada o‘zgarayotgani to‘g‘risida maʼlumot bergandi.
Izoh (0)