Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qayd etilishicha, muloqotda faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati qayd etildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tilagan.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston—Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Izoh (0)