• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pulini to‘lab, mashina ololmaslik, bankir aybi bilan sarson bo‘lish juda alamli” — yangi avtomobil xaridori

    “Daryo” internet nashrida avtomobil xarid qilish uchun “O‘zavtosanoat” hisob raqamiga mashinaning yuz foiz to‘lovini amalga oshirib, hamon avtomobilini ololmayotgan qashqadaryolik xaridor haqida hikoya qilingandi. Murojaatchining tahririyatga takroriy murojaat qilishiga ko‘ra, muammo hamon yechimini topmagan.

    “Men bank orqali ‘O‘zavtosanoat’ga Gentra avtomobili uchun yuz foiz to‘lovni amalga oshirib, aytilgan muddat o‘tsa-da, hali ham avtomobilimni ololmay yurgan xaridorman. Bu haqda murojaat qilmagan joyim qolmadi”, — deydi xaridor Bekzod Farmonov.

    Bekzod Farmonov.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, muammo “Daryo” nashrida ommaga oshkor etilgach, mijoz pulini qabul qilib olib, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazmagan bank filiali rahbari Alisher Mirzayev uning xonadoniga borib, yordam berishini aytgan.

    “Maqola chiqqach, bank rahbari uyimga kelib, murojaat qilishni to‘xtatishimni, muammoni hal qilib berishini aytdi. Ammo yana aldadi”, — deydi Bekzod Farmonov.

    Aniqlanishicha, xaridor 2022-yilning iyul oyida "Aloqabank"ning Qashqadaryo viloyati filiali orqali Gentra avtomobili uchun to‘lovni amalga oshirgan.

    “Bank orqali birinchi plastik kartochkamdan 65 million, ikkinchisidan esa 12 million so‘m pul to‘ladim. Bank xodimi to‘lovlar bo‘lgani haqidagi maʼlumotnomalarni qo‘limga tutqazib, pul so‘ralgan joyga o‘tkazilganini aytdi. Xursand bo‘lib uyga qaytdim. Oradan uch oy o‘tgach, avtosalonga borib, mashinam qachon chiqishini, qolgan 50 foiz to‘lovlarni qachon to‘lashim kerakligi haqida maʼlumot olmoqchi bo‘ldim. Avtosalon xodimlari esa ularga hisobimdan hech qanday pul tushmaganini, shartnomaning 7 kunlik muddati o‘tib ketgani bois shartnoma bekor bo‘lganini aytishdi. Bankka kelib, vaziyatga oydinlik kiritsam, bank xodimining aybi bilan men o‘z vaqtida to‘lagan pulim avtosalon hisob raqamiga tushmay, bankda qolib ketgan”, — deydi murojaatchi.

    Bekzod Farmonovning aytishicha, 2022-yilning dekabr oyida bank rahbari va avtosalon masʼuli uni chaqirib, “mashinangiz zavoddan chiqib, avtosalonga keldi, mana bu mashina sizniki”, deb unga yangi mashina ko‘rsatgan. Ammo ko‘p o‘tmay bu yolg‘on bo‘lib chiqqan.

    Bekzod Farmonov.
    Foto: “Daryo”

    “Meni chaqirib, mana bu yangi mashina sizniki, arzimas muammosi qoldi deyishgach, men avtomobil to‘lovining qolgan qismini ham to‘ladim. Lekin 2022-yilning dekabr oyi u yoqda tursin, 2023-yilning fevral oyida ham mashinadan darak yo‘q. Bank rahbariga nega meni aldadingiz desam, avtosalon boshlig‘iga ishongandim, u ham bizni aldadi deyapti. Avtosalon boshlig‘i esa bu haqda gap bo‘lmagan deyapti. Xullas, avtomobil pulini to‘liq to‘lab qo‘ygan bo‘lsam-da, ololmay sarsonman”, — deydi yangi mashina minishga ishtiyoqmand fermer.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan “Aloqabank”ning Qashqadaryo viloyati filali masʼuli Alisher Mirzayev bilan ikki marotaba — 2022-yilning sentabr, 2023-yilning fevral oylarida muloqot qilgandi. Dastlabki muloqotda masʼul haqiqatan ham bank xodimlarining xatosi sabab muammo yuzaga kelganini, biroq mijoz bilan kelishganini va aytilgan muddatda muammoni yechishi haqida maʼlum qilgandi. 2023-yilning fevral oyidagi takroriy muloqotda esa muammoni hal etish kechikkanini, buni OAVda yoritib jamoatchilikni bundan boxabar qilish kerakmasligini aytdi. Shuningdek, u fermerga bergan vaʼdasini 2023-yilning 28-fevral kuni bajarishini maʼlum qilgandi. Ammo bank rahbari yana vaʼdasining ustidan chiqmagan.

    Xaridorning “Daryo”ga takroriy murojaatida aytilishicha, bank rahbariyati mazkur muammoni bank filiali rahbarini jazolash bilan yechishga uringan.

    “Bank rahbariyati muammoni yechishni xodimini jazolash deb bildik shekilli, mening muammoyimga eʼtibor qaratilmadi. Shu sabab 2023-yilning 25-fevral kuni viloyat prokuraturasiga murojaat qildim. Va qo‘limdagi barcha hujjatlarni taqdim qildim. Viloyat prokuraturasi ham ishimni o‘rganishni paysalga solavergach, qayta-qayta murojaat qilib bordim. Uchinchi marta borganimda, ishim shahar prokuraturasiga o‘tganini aytishdi. Shahar prokuraturasiga borsam, ishingiz viloyat prokuraturasidan bizga kelmagan deyishdi. Keyin viloyatdan kod berishgach, ha bizda ekan, tergov qilinayotgan ekan deyishdi. Jamshid Abdullayevich degan xodim o‘rganayotgan ekan. Lekin ayni kungacha ham hech qanday natija yo‘q, prokuratura ham sarson qilmoqda”, — deydi u.

    Murojaatchi xaridor 2023-yil inson qadri yuksalayotgan paytda bank rahbari uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitganini aytmoqda.

    “Inson qadri yilida bank rahbari mijozning ustidan kulib, shu darajada o‘yin qilishga haqqi bormi? Bunga kim huquq berdi?”, — deydi aldanganini aytgan xaridor.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    03.04.2023, 23:55   Izoh (0)   12300
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2030-yilga borib metan chiqindilar hajmi 30 foizga kamaytiriladi

    03.04.2023, 23:15

    Toshkentda ayol 3 farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagani aytilmoqda (video)

    03.04.2023, 22:30

    O‘zbekistonda isitish tizimi tadbirkorlarga boshqaruvga berilib, ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi

    03.04.2023, 21:35

    Samarqandda uch yoshli bola ariqdan o‘lik holda topildi

    03.04.2023, 20:50

    O‘zbekiston Gruziya bilan alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi mumkin 

    03.04.2023, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentining maslahatchisini qabul qildi

    03.04.2023, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.