Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik kodekslariga ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar to‘plami qabul qilindi. Saida Mirziyoyeva mazkur to‘plam qabul qilingani bo‘yicha munosabat bildirdi

Qonun loyihasining asosi Senat huzurida tashkil etilgan faollar va ekspertlardan iborat ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular loyihaning eng so‘ngi nuqtasiga qadar Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni yoqlab himoya qildi. Xususan, oiladagi zo‘ravonlik jinoiy huquqbuzarliklar turkumiga o‘tkazildi, iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlik, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi. Saida Mirziyoyeva bu nafaqat O‘zbekiston ayollarining, balki barcha tafakkurli, ilg‘or insonlarning g‘alabasi ekanini taʼkidladi. 

“Buni fuqarolik jamiyati va faollarning g‘alabasi deb bilaman. Sog‘lom fikr va adolatning g‘alabasi. Biz ushbu muvaffaqiyatlar uchun uzoq va mashaqqatli harakatlarni amalga oshirdik, lekin qonunchiligimizda bu kabi o‘zgartirishlar zamon talablariga xos va insonparvarlik uchun o‘ta ahamiyatli ekanligini birgalikda isbotlay oldik.  Oldinda bajarishimiz lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p, biroq muvaffaqiyat doimo ilhomlantiradi. Ushbu o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlagan, hujjatlar ustida ish olib borgan va bu g‘oyalarni jamiyatimizda  targ‘ib qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bu nafaqat O‘zbekiston ayollarining, balki barcha tafakkurli, ilg‘or insonlarning g‘alabasi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Yolg‘onlar imperiyasi” va rus terrorining boshlanishi. 10 marotaba suiqasdga uchragan imperator — Aleksandr II ning muvaffaqiyatsiz islohotlari
Mahalliy
Toshkentning 4 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Dunyo
Trampga yana bir jinoiy ishda ayblov e’lon qilindi