Daryo

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

U bunga qadar “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi

1 daqiqa o‘qish46 262 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: “Daryo”

U bunga qadar “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq “Daryo” muxbiri mazkur xabar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Mukarram Azimova bilan bog‘langandi. 

2018-yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yil 16-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan energiya resurslari ta’minotiga doir yig‘ilishda ishdan olingandi.

Prezident yig‘ilishda hokim anomal suvuqda energota’minotda kuzatilgan uzilishlarga sababchi bo‘lgani, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun lavozimidan ozod etilganini aytgan. 16-yanvardan boshlab, Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar