• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon arxitekturasi tarixini o‘zgartirib yuborgan, biroq qashshoqlikda, tramvay urib yuborishidan vafot etgan daho — Antonio Gaudi va uning o‘ziga xos sirli olami

    U uch, hatto to‘rt o‘lchamda fikrlay olgan, zamonaviy kompyuter texnikalari ham binolarining barcha hisob-kitoblarini qiyinchilik bilan amalga oshiradigan, tabiat qonunlariga bo‘ysungan holda “yagona arxitektura” tamoyilini yaratgan me’mor edi. Daryo “100 buyuk inson” loyihasi doirasida “avliyo” sifatida ko‘riladigan buyuk me’mor Antonio Gaudining taqdiri haqida hikoya qiladi.

    Antonio Gaudi
    Foto: iStock

    Hech narsa o‘ylab topilmagan, barcha avvalboshdan tabiatda mavjud. Originallik — bu manbaga qaytishdir.

    Antonio Gaudi

    O‘lim asiri

    Antonio Gaudi dunyoga kelishi bilan ajal uning yo‘ldoshiga aylangan. G‘alati tasodif tufayli uning diplom ishi ham qabriston darvozalariga bog‘liq edi. Chalg‘i ko‘targan Azroil uni bolaligidayoq olib ketishga tayyor bo‘lgan. Tug‘uruqdagi qiynoqlar ham, oiladagi o‘lim darajasining yuqoriligi ham chaqaloq foydasiga xizmat qilmagan. Hatto tanasini bo‘lmasa-da, uning ruhini saqlab qolish maqsadida bolani tezroq cho‘qintirishgan.

    Oilaviy tamg‘a og‘ir edi. Antonioning barcha aka-opalari yoshligidayoq o‘lib ketgan. Ismi onasining sharafiga nomlangan Antonio doimo uning mehr va g‘amxo‘rligini his qilib turgan, biroq 24 yoshida yigit ushbu tayanchidan ayrilgan. Shifokorlar bolaga tug‘ilganidanoq bir dunyo tashxislarni qo‘ygan, ulardan eng asosiysi revmatizm bo‘lib, bu unga boshqa bolalar bilan o‘ynashiga imkon bermasdi. Faol ko‘ngilxushliklar o‘rnini yolg‘iz sayrlar bilan to‘ldirishga to‘g‘ri kelgan. Bu kabi sayr va kuzatuvlar Gaudiga keyinchalik ustozi va ilhom manbaiga aylangan tabiat olamini ochgan.

    O‘ta dindor bo‘lgan Gaudi tabiatning barcha qonunlari Xudo tomonidan yaratilganiga ishongan, ularni aylanib o‘tish yoki undan qochish ma’nisiz deb hisoblagan. Shu sababli u bolaligidan tabiat hodisalarini o‘rganishga kirishgan: soatlab bulutlar suzishini yoki daryoning oqishini kuzatgan. Berkinmachoq, klassika yoki “eshakmindi” kabi o‘smirlarga xos o‘yinlar begona edi. Uni gullarning qanday tuzilgani, toshlar orasidan oqib o‘tayotgan suv, shilliqurtlardan nima uchun iz qolishi va nima sababdan daraxtlar ildizi osmonga emas, yer qariga o‘sishi qiziqtirardi. Uning sevimli mashg‘ulotlari qatoridan rasm chizish ham o‘rin olgan, chala vayron bo‘lgan cherkovlarni o‘rganish esa uning noodatiy mashg‘uloti hisoblangan.

    Talabalik davrida Gaudi bir muncha vaqt ijtimoiy hayotga qiziqqan, hatto layka qo‘lqop va qora ipak silindrlarni sevuvchi yoshlar doirasiga qo‘shilib qolgan. Shu bilan birga, maftunkor me’morning ichki koordinata tizimida oliftalik va dendizmga bo‘lgan qiziqish tezda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. O‘zining ajoyib yorqin ijodlaridan farqli o‘laroq, u dastlab o‘z hayotini oddiylik va barqarorlikning asosiy oqimiga aylantiradi, keyinchalik butunlay zohidlik yo‘lini tanlaydi.

    Umrining oxirlarida butun dunyoda e’tirof etilganiga qaramay, Gaudi eskirgan kostyum va bir martalik sabzavotli taom bilan kifoyalangan, vaqti-vaqti bilan o‘zining oddiy menyusini meva va sut bilan boyitgan.

    Tanlov erkinligi

    Arxitektorning ko‘plab ijod namunalari jamlangan Barselona shahrining Gaudi borasida omadi chopgandi. O‘z navbatida Gaudi ham Barselonaga o‘zgacha mehr bergan. Arxitektorning ijodiy gullab-yashnashi Kataloniya endigina mustaqillikka erishgan hamda poytaxti keskin va tez o‘zgarib borayotgan davrga to‘g‘ri kelgan. Barcha qatlamdagi odamlar o‘zgarishlarga tayyor edi. 1860-yilda barselonaliklar shahar devorlarni buzib tashlagani, keyin Syutadella qal’asini yer bilan tekislanib, o‘rniga fontan va muzeylarga boy bog‘ni bunyod etganining o‘zi ham bunga yorqin misol bo‘la oladi.

    Belyesguard minorasi
    Foto: iStock

    Homiylik masalasi esa arxitektorning foydasiga xizmat qilgan. Ma’lumki, shoir va rassom o‘z g‘oyalarini amalga oshirishi uchun har qanday hisob-kitoblardan xoli so‘z erkinligi lozim. Gaudida bunday imkoniyat Eusebio Guel ismli tekstil magnati bilan uchrashuvdan keyin paydo bo‘lgan. Kataloniyadagi eng badavlat insonlardan biri bo‘lgan Guel estetik zavq nimaligini biladigan va hatto tavakkalchilikka asoslangan serxarajat tajribalarni ham sinab ko‘rishga qodir edi. Shunday qilib, cheksiz ijodiy potensial va moliyaviy imkoniyatlar o‘zaro uchrashgan.

    Belyesguard minorasi
    Foto: iStock

    Antonio Guel oilasining ishonch doirasiga tez kirgan va qisqa muddatda bir qancha ulkan loyihalarni amalga oshirgan. Qurilish uchun mablag‘ qizg‘anishmagan, bu kabi holatlardan biri xalq orasida juda mashhur. Kunlarning birida buyurtmachining buxgalteri alq bovar qilmas xarajatlardan noligan — “Men don Eusebioning hamyonini to‘ldiraman, Gaudi bo‘lsa ularni bo‘shatadi”. Guel esa chiqimlar daftariga qarab, “Gaudi sarflagan mablag‘lar shuginami?”, degan.

    Belyesguard minorasi
    Foto: iStock

    Guel uchun mo‘ljallangan ibodatxona va kriptlardan, Pedralbesdagi qo‘rg‘on va Garrafdagi vino yerto‘lalariga oid loyihalaridan tashqari Gaudi yana bir nechta g‘oyalarini amalga oshirishga ulgurgan. Masalan, graf Eusebio “chiroyli shaklga ega uyni” orzu qilgan va Gaudi buni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. U shahardagi kichik maydonga bir vaqtning o‘zida masjid va Venetsiya saroylarini yodga soluvchi, karetalar uchun hovli hamda otxonaga ega qasrni sig‘diradi. Guel saroyining kulrang marmar fasadi ortida qora yog‘och, palisandr (qimmatbaho daraxt), toshbaqa kosasi va fil suyaklaridan ishlangan interyer yotadi. Xonalardan biri evkalipt bilan, boshqasi esa qora qayin bilan bezatilgan. O‘ymakor shiftlar oltin va kumushdan ishlangan barglar bilan qoplangan.

    Keyinchalik moliyaviy va ijodiy duet “Shahar bog‘” loyihasini yaratilishiga imkon yaratgan. Shaharni qurish imkoni bo‘lmagan ersa-da (qurilish uchun hududdan faqat ikkita yer uchastkasi sotilgan), biroq bog‘ juda hayratlanarli chiqqan. Gaudi u yerga g‘aroyib galereyalar orasida yashiringan estakadalar va piyodalar yo‘laklari, bezakli zinapoyalarni joylashtirgan. Guel bog‘ining o‘rtasidan “Yuz ustun zali” o‘rin olgan. Bog‘da faqat ikkita uy bo‘lib, ulardan biri Gaudining so‘nggi boshpanasiga aylangan.

    Arxitektor kichina bog‘ pavilyonidagi uyda bitta xonani egallab, u yerda minimalistik hayot kechirgan. Uy uning uchun faqat yotoq vazifasini bajargan, qolgan vaqtini u qurilishlarda o‘tkazgan. Bugungi kunda bog‘dagi mazkur uygacha Gaudi muzeyi ochilgan.

    Guel saroyi
    Foto: iStock

    Gaudi yopiq va to‘g‘ri geometrik makonlarni yomon ko‘rgan, to‘g‘ri chiziqlardan qochgan va ularni inson o‘y-xayollari mahsuli, doiralarni esa — Xudoniki deya hisoblagan. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, me’mor tovuq tuxumini komillik namunasi sifatida ko‘rsatgan, shu bilan birga, uning tabiiy mustahkamligiga ishonch ramzi sifatida hamyonida xom tuxum olib yurgan.

    Guel saroyi
    Foto: iStock
    Guel saroyi
    Foto: iStock

    Bunday hayratlanarli shakllar ortida sirli ijodlar turgani shubhasiz. Ular orasida bo‘lsa, son-sanoqsiz afsona va mish-mishlar mavjud. Gaudining me’moriy yechimlari faqatgina sher’iyat nuqtayi nazaridan tushunish mumkin bo‘lgan boshqotirmalar bilan uyg‘unlashib ketgan.

    Bo‘lajak arxitektorning bolaligi dengiz oldida o‘tgani hisobga olinsa, uning aksariyat ijod namunalari qumdan ishlangan qasrlarni bejizga yodga solmasligi tushunarli bo‘ladi. Bunday allegoriyalarni Gaudining eng muhim “farzandi” — Sagrada familia (Muqaddas oilaning poklovchi ibodatxonasi)da ham uchratish mumkin. Sagradi familia’ning birinchi loyihasi arxitektor Fransisko del Vilyar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga jalb etilgan aynan Gaudi birlamchi chizgilarni o‘zgartirib, uning haqiqiy muallifiga aylangan va arxitektura mo‘jizasini yaratgan.

    Sobor xuddi Antonio Gaudining hayoti kabi yashirin va oshkora belgilarga bisyor. O‘n ikkita minora xavoriylarga bag‘ishlangan, markazdagi xoch o‘rnatilgan Isoning poklovchi qurbonligi ramzidir. Ichki qismi g‘aroyib bog‘ ko‘rinishida yaratilgan. Lotin xochi shaklidagi bino undagi barcha qo‘ng‘iroqlar yagona organ sifatida jarang sochadigandek loyihalangan, minoralar orasidan esuvchi shamol esa haqiqiy xor vazifasini bajaradi. Uchta fasadning har biri Iso Masihning uch buyuk missiyasiga illyustratsiyadir. Gaudi sharqiy fasadni Isoning tug‘ilishiga, g‘arbiyni — Xudoning jazolari, janubiyni bo‘lsa, Xudoning ulug‘vorligiga bag‘ishlangan.

    Guel bog‘i
    Foto: iStock

    Shaxsiy xayr-ehsonlar hisobiga bunyod etilgan Muqaddas oila cherkovi me’mor hayotining so‘nggi yillarida uning yagona maqsadi, dardi, ishtiyoqi va g‘amxo‘rligiga aylangandi. U Guel bog‘idan Sagradaga deyarli ko‘chib o‘tgan, qurilish maydonchasidagi kichkina xonada xuddi boshpanasiz insonlardek yashagan, shogirdlaridan birortasi non bersagina, taomlangan. Arxitektor boshlagan ishini tezroq tugatish dardida bo‘lgan.

    Unga 74 yil muhlat bergan ajal arxitektorning jonini o‘zi yaratgan ijod namunasi yaqinida oladi. Gaudini Muqaddas oila ibodatxonasi yaqinidagi Tibidabo tog‘lari etagida tramvay urib yuborgan. Izvoshchilar puli va hujjatlari yo‘q noma’lum qariyani shifoxonaga olib borishdan bosh tortgan. U boshpanasizlar uchun mo‘ljallangan shifoxonada o‘ziga kelmay, vafot etgan. Oradan uch kun o‘tgach, Gaudini qidirishni boshlashgan, biroq uni faqatgina umumiy qabrga ko‘milishdan qutqarib qolishgan. Barselona arxitektor uchun ko‘z yosh to‘kib, motam bayroqlarini ko‘targan. Tobut ortidan esa butun shahar qabriston tomon yurgan.

    Guel bog‘i
    Foto: iStock

    Bugungi kunda Gaudining buyukligi isbot talab qilmaydi. Minglab turistlar har kuni uning binolariga “hujum qilib” daho telba ijod namunalarining bir bo‘lagini olib ketishga intiladi. Ijod ahli unga ta’zim qilib, Gaudini “arxitektura toreadori”, “tosh shoiri”, “ritser”, “arxitektura Dantesi” deya ta’riflab keladi. Yumshoq qilib aytganda, doim bunday bo‘lmagan.

    Guel bog‘i
    Foto: iStock

    Gaudining hashamatli dafn marosimidan keyin uni tezda unuta boshlashgan. XX asrning 60-yillariga qadar Gaudining ismi birorta arxitektura tarixiga oid nashrlarning sahifalarida yodga olinmagan. Ammo vaqt o‘tishi bilan avangard oqimning rivojlanishi va Le Koryuzyening himoyasi sabab Gaudi ijodi yo‘qlikdan yana qaytib chiqib, 1984-yilda YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatidan o‘rin olgan.

    Balo uyi
    Foto: iStock
    Balo uyi
    Foto: iStock
    Balo uyi
    Foto: iStock

    1998-yil yozida Barselona yepiskopi Antonio Gaudini avliyolar qatoriga qo‘shish jarayonini boshlagan. U arxitektorlar va rassomlar homiysiga aylanishi kutilmoqda. Gaudining yangi maqomi sabab qurilishi oxiriga yakunlanmagan Sagrada familia’ning keying taqdiri yangi bosqichga chiqqan.

    Sagrada familia
    Foto: iStock
    Sagrada familia
    Foto: iStock
    Sagrada familia
    Foto: iStock
    Sagrada familia
    Foto: iStock
    Sagrada familia
    Foto: iStock
    Sagrada familia
    Foto: iStock
    15.03.2023, 12:45   Izoh (0)   9884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichkilikka mukkasidan ketgan, qizlarni xushlamagan strategiya dahosi — Aleksandr Makedonskiy. Uning hayot tarzi va sirli o‘limi

    01.03.2023, 18:10

    Doimo qarzda yurgan, 3 yoshidan musiqa chalishni boshlagan va o‘limidan keyin shishib ketgan Motsart. Buyuk bastakorning sirli o‘limi

    08.03.2023, 09:58

    Qirolga qarshilik bildirgani uchun ishdan quvilgan, “Nemis tili lug‘ati” asoschilari, ertaklari bilan butun dunyoni zabt etgan aka-uka Grimmlar taqdiri 

    11.03.2023, 10:12

    Kanada aeroportida qozog‘istonlik jurnalistlardan qazi va boshqa go‘sht mahsulotlari olib qo‘yildi

    15.03.2023, 12:21

    AQSH Qora dengizga qulagan droni “begona qo‘llarga tushmasligi” uchun zarur choralar ko‘rdi

    15.03.2023, 10:46

    Jo Bayden yaqin orada Si Szinpin bilan gaplashmoqchiligini ma’lum qildi

    15.03.2023, 10:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44

    Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

    Dunyo | 9 may, 08:41

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.