Buxoro viloyat sudi binosida 17-mart kuni Nukusdagi tartibsizliklar ishtirokchilariga oid yakuniy sud qarori e’lon qilinadi.
Oliy sud axborot xizmatiga ko‘ra, sudda 1—2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida ushbu tartibsizliklar bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchining ko‘rsatmalari tinglangandi. Jumladan, 7—9-fevral kunlari barcha ayblanuvchilar ko‘rsatma bergan. 14-fevralda esa 38 nafar guvoh so‘roq qilingan.
Izoh (0)