Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida qalbaki aksiz markali 3 mingdan ziyod alkogol mahsulotlari savdosi to‘xtatildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “S.B.” va “I.J.” MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 3182 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)