Buxoro viloyat sudida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.
7-fevral kungi sud majlisida sudlanuvchilarni so‘roq qilish boshlanib, Sh. Ashirbekov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, Z. Pirjanov, R. Dosimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, R. Baimbetov, A. Mirzambetov, N. Genjebayev, Z. Tadjimuratov, P. Yesengeldiyev, O. Mamutov, A. Jumabekov va A. Naurizbayevning ko‘rsatmalari tinglangan.
8-fevraldagi sud majlisida esa sudlanuvchilar M. Raxmanov, I. Aitmuratov, A. Omirzakov, A. Sariyev, K. Bekpolatov, A. Sharapov, I. Polatov, A. Seytmuratov, M. Pirlepesov, Ye. Qanaatov, A. Xojanazarov va N. Xabipov so‘roq qilingan.
9-fevral kungi sud majlisida sudlanuvchilar D. Nadirbayev, R. Jumabayev, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, N. Bauyetdinov, K. Yeshjanov, O. Kurbanov, T. Ismailov, A. Allanazarov, N. Baylepesov va N. Duysenbayevning ko‘rsatmalari tinglangan. Keyingi sud majlisi 13-fevral kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)