• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 14-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 14-martda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.

    Rossiya Xalqaro jinoiy sudni tan olmaydi

    Rossiya Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni (XJS) va uning yurisdiksiyasini tan olmoqchi emas. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi jurnalistlarga ma'lum qildi. Gap Xalqaro sudning Rossiya Ukrainaga bosqini yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishga tayyorgarligi haqida ketmoqda.

    13-mart kuni The New York Times manbalari, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Ukrainaga bosqin paytida sodir etilgan jinoyatlar sabab Rossiyaga qarshi ikkita ish ochmoqchi ekanini xabar qildi. Ulardan biri ukrainalik bolalarning o‘g‘irlanishi, ikkinchisi fuqarolik infratuzilmasiga qasddan qilingan hujumlar bilan bog‘liq.

    “Umuman olganda, biz ko‘p yillar davomida na xalqaro sud organlari, hatto biz tan olmaydiganlar ham, xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari ham Donbassda uyushtirilgan fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish, ukrain millatchilari tomonidan tinch aholini o‘ldirish harakatlariga e’tibor qaratmaganini eslatishdan charchamaymiz”, — degan Kreml matbuot kotibi.

    Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga davom etayotgan hujumlar

    Ayni vaziyatda Ukraina hukumati ham Rossiya harbiylarining 14-mart kuni Donetskdagi Kramatorsk shahriga bergan zarbalari oqibatini ko‘rsatdi.

    Ma’lum qilinishicha, Rossiya raketasi  shahar markaziga kelib tushgan. Oltita ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar bor.

    Ukraina prezidenti so‘zlariga ko‘ra, odamlarni hayotdan mahrum qilgan har bir zarba qonuniy va adolatli jazoga olib kelishi kerak.

    Afg‘oniston chegaralarida Pokiston va Eron chegarachilari bilan to‘qnashuvlar. Nega bunday holatlar davomiy kuzatilmoqda?

    Afg‘onistonning Paktika viloyatida “Tolibon” va Pokiston chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bundan avvalroq Afg‘onistonning Nimro‘z viloyatida “Tolibon” va Eron chegarachilari o‘rtasida ham to‘qnashuv bo‘lib o‘tgandi.

    Hozirda “Tolibon”ning Paktika viloyatidagi xavfsizlik manbasi ma’lumotni tasdiqlab, nizo Angur bazasida sodir bo‘lganini aytdi.

    Mazkur to‘qnashuv 13-mart kuni 203-korpus qo‘mondoni Mansuriy boshchiligidagi delegatsiya “Tolibon” chegara qo‘shinlarining qo‘riqlash postlariga tashrif buyurgan paytga to‘g‘ri kelgan.

    Hozirga kelib chegaralardagi notinchliklar yuqoridagi hududlardagina kuzatilmayapti. Yodingizda bo'lsa, 2022-yilning sentabr oyida qirg‘iz-tojik chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz bergandi.

    Bugunga kelib ularning oqibati fuqarolarga chegaradan o‘tish muammosini keltirib chiqarmoqda.

    So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga Tojikistonga har qanday sayohatdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi.

    Ma’lum qilinishicha, Tojikiston hududiga rasmiy xabarnomasiz kirishni cheklashda davom etmoqda. Shu sababli xalqaro aeroportga yetib kelgan Qirg‘iziston fuqarolarini Tojikiston chegarachilari mamlakatga kiritmagan.

    O‘zbekiston konstitutsiyasida o‘lim jazosi va aybsizlik prezumpsiyasi bilan bog’liq o‘zgarishlar

    O‘zbekistonning o‘zgartirilayotgan konstitutsiyasiga o‘lim jazosi ma'n etilishiga oid norma kiritilmoqda. Bundan tashqari aybsizlik prezumpsiyasi endilikda yangilangan tartibda belgilanadi.

    Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Farhod Primovning aytishicha, o‘lim jazosi ma'n etilishiga oid norma ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    “Baʼzilar aytadiki, o‘lim jazosi 2008-yilda bekor qilingan. Uni yana Konstitutsiyaga kiritish nega kerak, deydi. Haqiqatan ham o‘lim jazosi muayyan darajada jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi. Ammo bu oxirgi yechim emas. Bunga suddagi xatoliklar sababli aybsiz bo‘lgan shaxslarning o‘limga hukm qilingan holatlarni ham misol qilib keltirish mumkin. 2016—2022-yillar davomida 4 ming 740 nafar shaxs oqlandi. Agar bizda o‘lim jazosi amalda bo‘lganida, ana shu oqlangan shaxslarning qanchasi o‘ldirilgan bo‘lardi — nomaʼlum”, — deydi huquqshunos.

    Shuningdek, konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasi masalasida ham o‘zgarishlar bor.

    Yangi normaga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

    Yana bir muhim norma agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligidir. Chunki shaxsning aybiga oid dalillar yetarli bo‘lmaganda uning o‘z aybiga iqror bo‘lganligi to‘g‘risidagi yagona dalil bilan cheklanish holatlari ham mavjud.

    O‘zgartirilgan aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, endilikda shaxsni ayblash uchun dalillar yetarli bo‘lmaganda aybiga iqrorlik olish uchun qo‘rqitish, unga tahdid qilish va bosim o‘tkazish yoki qiynoq qo‘llash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

    14.03.2023, 22:02   Izoh (0)   11552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Boshqa yo‘l yo‘q”: Meta kompaniyasi yana 10 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    14.03.2023, 21:10

    “Hozirgi xalqaro muammolar SSSR parchalanganidan keyin boshlandi” — Putin

    14.03.2023, 20:48

    Ukraina prokuraturasi 600 nafar rossiyalik qo‘mondon, jumladan, Putinga oid hujjatlarni to‘pladi — Guardian

    14.03.2023, 19:51

    AQSH va Britaniya nazoratida bo‘lgan: Isroil eng keksa falastinlik mahbusni ozod qildi (foto)

    14.03.2023, 18:42

    Zelenskiy Rossiyaning Kramatorskka uchirgan raketasi oqibatini ko‘rsatdi (video)

    14.03.2023, 17:46

    “Tolibon” va Pokiston chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

    14.03.2023, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.