O‘zbekistonda 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov tadbir 18-martga qoldirilganini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 4-martdagi tegishli farmoyishi asosida bo‘lib o‘tadigan ushbu xayriya hashari Navro‘z bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilishi belgilangandi.
Izoh (0)