“Borussiya D” futbolchisi Jud Bellinghemning otasi farzandining ehtimoliy transferi borasida “Real” vakillari bilan uchrashadi.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, yarim himoyachining otasi va Madrid klubi direktori Xuni Kalafat Londondagi mehmonxonada uchrashuv o‘tkazadi.
Bellinghemning transferi “qaymoqranglilar” yarim himoyachilari Luka Modrich va Toni Kroos kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Jud ulardan birining o‘rnini egallashi lozimligi aytilgan.
Dortmundliklar Bellinghemni 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Hozirda 19 yoshli futbolchiga “Real”dan tashqari “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Siti”lar qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)